So’nggi yangiliklar

13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  0 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  4 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  5 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1

"Olimpik" futbolchilariga nima bo'lmoqda? Yangiliklar

"Olimpik" futbolchilariga nima bo'lmoqda?

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi asosini tashkil etuvchi "Olimpik" klubi yangi mavsumni ko'taringki ruhda boshladi.

Timur Kapadze boshchiligidagi klub Superligada 2ta turda 4 ochko to'pladi, U-21 Birinchiligida ham xuddi shunday natija qayd etildi. Ammo boshqa jihatga etibor qaratmoqchiman: kartochkalarga.

Superliga
"Paxtakor" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar:
Muhammadaziz Ibrohimov, Behzod SHamsiev, Jasur Jaloliddinov, SHahzod Toirov.

"So'g'diyona" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar:
Alisher Odilov, Saidazamat Mirsaidov.
Qizil kartochka: Jasur Jaloliddinov.


U-21 Birinchiligi
"Paxtakor" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar:
Sardorbek Mahmudov.
Qizil kartochkalar: Ahmadullo Muqimjonov, Muhammadali G'iyosov, Dilshod Yo'ldoshev.

"So'g'diyona" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar: Iskandar Bo'sinov, Mustafo Abdumannopov, Temur Mamasidiqov, Sardorbek Mahmudov.
Qizil kartochka: Temur Mamasidiqov.

Jami: 4ta o'yinda 11ta sariq, 5ta qizil kartochka.





Eng asosiy maqsadi Olimpiadaga chiqish bo'lgan mazkur klub futbolchilari nimaga bunchalik ko'p sariq va qizil kartochka olishmoqda? Bu ko'pchilikni tashvishga solishi aniq. To'g'ri raqiblar balki provokaciya qilgandir, balki maydonda jahl chiqqanda aql ketgandir, biroq keyingi yil Parijda o'tadigan Olimpiadaga chiqib, yurtimiz sharafini himoya qilishi kutilayotgan futbolchilardan biz yanada professional bo'lishlarini kutamiz. Futbolchilik vaqtida uncha-munchaga kartochka olmagan va tartibli o'ynagan Timur Kapadze shogirdlari bilan yaxshilab gaplashib olishi kerak shekilli.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика