So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

London-2012. Olimpiada sari beshinchi harakat. Yana Abramov va 0:2 hisobini 3:2 qilgan BAA Yangiliklar

London-2012. Olimpiada sari beshinchi harakat. Yana Abramov va 0:2 hisobini 3:2 qilgan BAA

2012 yil Londonda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlariga ham borishga yaqin edik. Biroq ayrim sabablarga ko'ra, qulay imkoniyatdan quruq qolganmiz.

Meksika - oltin medallar sohibi!

Avvalo shuni aytish kerak, 2012 yil yozgi Olimpiadada Meksika U-23 terma jamoasi oltin medallarni qo'lga kiritgan. Meksikaliklar finalda Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etishgan. O'shanda Meksika safida Oribe Peralta ikkita gol urgan bo'lsa, Braziliya tarkibida Xalk yagona gol muallifi bo'lgandi. 

London mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida Osiyodan uchta jamoa ishtirok etgan: Yaponiya, Janubiy Koreya va BAA. "A" guruhida bahs olib borgan BAA olimpiyachilari Senegal bilan 1:1 o'ynab, Urugvayga 1:2 va Buyuk Britaniya terma jamoasiga esa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, guruhda oxirgi o'rin bilan musobaqani tark etgan. 

Javnubiy Koreya "B" guruhida Meksikaga qarshi bahsni 0:0 hisobida durang bilan boshlagan. 2-turda SHveycariya 2:1 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, oxirgi turda Gabon bilan 0:0 o'ynagan koreyaliklar 5 ochko bilan keyingi bosqichga chiqishgan. 

Yaponiya esa o'z o'yinlarini "D" guruhida o'tkazgan va ilk turda Ispaniyani 1:0 hisobida mag'lub etgan. Ikkinchi turda Marokash ham 1:0 hisobida mag'lub etilgan va 3-turda Gonduras bilan 0:0 qayd etilgan. Natijada yaponlar 7 ochko bilan guruhda birinchi o'rinni egallab chorak finalga yo'l olishgan. 

CHorak finalda Yaponiya Misrni 3:0, Janubiy Koreya esa Buyuk Britaniyani penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag'lub etgan (o'yin 1:1 hisobida tugagan). Lekin yarim final Osiyoning ikki jamoasi uchun omadsiz yakun topgan. Yaponiya Meksikaga 1:3, Janubiy Koreya Braziliyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan va har ikki jamoa o'rtasidagi bronza medallar uchun kurashda koreyaliklarning qo'li baland kelib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

 


Osiyoda saralash

Osiyoda Olimpiya o'yinlariga saralash bu safar 4 bosqichda o'tkazilgan bo'lib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi birinchi bosqichda, yani pley-off o'yinlarida ishtirok etmagan. Vakillarimiz to'g'ridan to'g'ri ikkinchi bosqichga yo'l olishgan. Ikkinchi bosqichda 24 jamoa 12ta juftlikka bo'lingan holda pley-off o'yinlarini o'tkazgan. Biz bu bosqichda Gonkong olimpiyachilaridan ustun kelganmiz.

19.06.2011. O'zbekiston - Gonkong 1:0 

Gol: Fozil Musaev, 58. 

23.06.2011. Gonkong - O'zbekiston 0:2

Gollar: Fozil Musaev, 8. Temurxo'ja Abduxoliqov, 19.

Uchinchi bosqichda pley-offdan o'tgan 12 jamoa 4tadan 3 guruhga bo'lingan. O'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkazilgan bo'lib, har bir guruh g'olibi to'g'ridan to'g'ri Olimpiadaga yo'l olgan. SHuningdek, ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar markazlashgan tartibda o'tkazilgan pley-offda ishtirok etgan. Vadim Abramov murabbiylik qilgan O'zbekiston OTJ "B" guruhida uchrashuvlarni o'tkazgan. 

"A" guruhi: Janubiy Koreya, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni. 

"B" guruhi: BAA, O'zbekiston, Iroq, Avstraliya. 

"C" guruhi: Yaponiya, Suriya, Bahrayn, Malayziya. 

Quyida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining o'yinlarini keltirib o'tamiz. 

21.09.2021. O'zbekiston - Iroq 2:0

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov, 71. Kenja To'raev, 78.

23.11.2011. BAA - O'zbekiston 0:0

27.11.2011. Avstraliya - O'zbekiston 0:0

05.02.2012. O'zbekiston - Avstraliya 2:0

Gollar: Kenja To'raev, 27. Oleg Zoteev, 85.

21.02.2012. Iroq - O'zbekiston 2:1 

Gol: Fozil Musaev, 23.

14.03.2012. O'zbekiston - BAA 2:3

Gollar: Oleg Zoteev, 34. Fozil Musaev, 47.


- O'zbekiston - BAA olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin, o'yin natijasi shubha ostiga qo'yildi...
- Zamonaviy futbolda hech nimani sir saqlab bo'lmaydi. Iroqqa qarshi pley-off o'yini oldida shunga o'xshash maqola chiqdi. Avvalo hammaga Xudo hakam. Agar biz Olimpiadaga yo'l olganimizda, meni O'zbekistonda hozirgidan ancha ko'proq hurmat qilishgan bo'lardi. Futbolchilarimizni dunyo tanirdi. Buni butun jamoa bo'lib tushunib turgandik. O'yinni sotib olgan kishi bir kun kelib bu haqda hisobot beradi. U esa do'stiga aytadi va bu xabar butun dunyoga chiqadi. SHunday bo'ldimi? CHunki bizni muxlislar oldida vijdonimiz toza. Hamma g'alaba qozonishni istagan edi.

Yana bir holat haqida aytib beraman. Yaponiya bilan o'yindan keyin 4 kun o'tib O'zbekiston olimpiya terma jamoasi muhim o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun Turkiyada yig'in o'tkazishi kerak edi. BAA bilan o'yinga qadar 16 kun vaqt bor edi. Yaponiyadagi futbolchilarning bazilari bilan men jamoani kutib turgan futbolchilar bilan Turkiyaga uchishim kerak edi. Ammo Tokioda menga xabar keldiki, yig'in bekor qilindi. Bundan men g'azablandim. Xullas O'zbekistonga qaydtik, 4 kun davomida Turkiyaga uchib ketish uchun shaylanib turgan futbolchilarni uylariga qo'yib yubordik. Kim "Paxtakor"ga, kim "Olmaliq"qa ketdi. 2 haftadan keyin futbolchilar mashg'ulotga kelishdi. BAA bilan o'yinga 3 kun qolgan. Malum bo'ldiki, bazi futbolchilarimiz, bo'lganda ham asosiy tarkib azolari hattoki o'z klublarining asosiy tarkibida mashg'ulot o'tkazishmagan. Bazilari esa bu vaqt oralig'ida 3ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edilar.



Mana shu bosqichdagi o'yinlarni yodga olganda ko'pchilik ikkita uchrashuvni alohida eslaydi: Toshkentda Avstraliya va BAA bilan kechgan bahslar. Avstraliya bilan bahs biz uchun qiziq edi, chunki Avstraliya OFK azosi sifatida endi saralashda qatnashgandi. Biz ularni 2:0 hisobida mag'lub etganmiz, esimda Oleg Zoteev uzoqdan juda chiroyli gol urgandi. 

Ikkinchi o'yin esa BAA olimpiya termasiga qarshi kechgan o'sha mashum bellashuv. "Jar" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda biz 2:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda mag'lub bo'lganmiz. Bu o'yinda Zoteev gol urib hisobni ochgandi. Ikkinchi taym boshida esa Fozil Musaev hisobni 2:0 ko'rinish keltirgan. Lekin qandaydir to'rt daqiqa oralig'ida Amirlik futbolchisi Ahmad Xalil ikkita to'p kiritishning uddasidan chiqadi. Uning gollari 51 va 55-daqiqalarda ro'y bergan. 90+3-daqiqada esa BAA g'alaba to'pini kiritib, ular Olimpidaga yo'llanma olishadi. 


"Bu o'yinni hech qachon unutmaymiz. Futbochlilar bilan yig'ilganda ham o'sha uchrashuvni eslasak bazilarning ko'ziga yosh keladi. Turli gap-so'zlar tarqalib ketgandi. Ammo bunday gaplar juda noo'rin, sababi biz Vatan jamoasi sharafini himoya qilganmiz. Uchrashuvdan keyin kiyinish xonasidagi vaziyatni so'z bilan tariflab berish qiyin. Xatto juda kuchli irodaga ega bo'lgan Vadim Abramov ham o'ziga kela olmagandi. Yigitlarni ruhlantirib hali imkoniyat to'la yo'qotilmaganini aytgandi. Men o'sha o'yinning 23-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgandim. 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda to'g'risi ich ichimdan London Olimpiadasiga yo'llanma oldik deb o'ylagandim, afsus nasib qilmagan ekan",- deya eslaydi Abduqahhor Xojiakbarov

O'zbekiston OTJ esa guruhda ikkinchi o'rin bilan pley-off uchrashuvlariga yo'l oladi. O'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan Ummon, O'zbekiston, Suriya o'rtasida 25, 27, 29 mart kunlari Vetnam poytaxti Xanoyda pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi. Garchi Suriyani mag'lub etsak-da, Ummonga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan holda London-2012 yo'lidagi saralash o'yinlarini tugatganmiz. 

27.03.2012. O'zbekiston - Suriya 2:1

Gollar: Kenja To'raev, 73. Oleg Zoteev, 88. 

29.03.2012. Ummon - O'zbekiston 2:0

P.S. SHu yilning 23 aprel sanasida Ummon va Senegal o'rtasida Olimpiada uchun Afro-Osiyo pley-off uchrashuvi o'tkazilgan. Angliyaning Koventri shahri mezbonlik qilgan bahsda Senegal 2:0 hisobida g'alaba qozonib, Olimpiya o'yinlariga yo'l olgan.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика