So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

"Olimjon Ahmedov kubogi II". Ikkinchi turning barcha natijalari va murabbiylarning fikrlari Yangiliklar

"Olimjon Ahmedov kubogi II". Ikkinchi turning barcha natijalari va murabbiylarning fikrlari

2009 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi "Olimjon Ahmedov kubogi II" musobaqasining ikkinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

2-tur, 17 dekabr. "Odil Ahmedov FA" stadioni.

Odil Ahmedov FA (Toshkent) - Odil Ahmedov FA (Samarqand) 6:0 TUGADI 

Gollar: Raximov Abubakir(dubl), Sindarov Humoyun (dubl), Atabekov Husan, Ro'zimurodov Ro'zimurod,


Alisher Ahmedov (Odil Ahmedov FA (Samarqand) bosh murabbiyi) - Raqibimiz juda kuchli jamoa edi. SHu bois ilk daqiqalardan hali sinovdan o'tmagan taktikada maydonga tushdik. Ikkinchi bo'limda esa o'z o'yinimizni ko'rsatdik va darvozamiz dahlsizligini saqlab qola oldik. Maqsadimiz guruhdan chiqish. Uchinchi turda bor kuchimizni ishga solamiz. 

 "Lokomotiv" - Odil Ahmedov FA 10  2:0 TUGADI

Gollar: Ravshanbekov.SH, Soliev.S

SHavkat Ahmedjanov ("Lokomotiv" murabbiyi) - O'yin haqida qisqacha gapiradigan bo'lsam, juda asabiy ruhda kechdi. Futbolchilarim bir yosh kichik jamoa bilan o'ynayapmiz, deb xotirjamlikka berilishgandir. Lekin raqib jamoada ham yaxshi va kelajagi bor bolalar yig'ilgan ekan. Qizil kartochkadan so'ng asabiylashish yuzaga keldi. Natijada ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik.

 Andijon FA - "Umid"  1:1 TUGADI 

Gollar: Eraliev Xayitboy - Majidov Firdavs

Nuriddinov Muhammadjon ("Umid" jamoasi bosh murabbiyi) - Kechagi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatolarimizni tahlil qilgan holda bolalarni bugungi uchrashuvga tayyorlagandik. O'sha xatolar qaytarilmadi va natija ham shunga yarasha bo'ldi. Bunday musobaqalar ko'p o'tkazilsa bolalarning saviyasi oshadi. 

"Do'stlik" (Marg'ilon) - "Kimyogar" 0:1 TUGADI

Gol: Adhamov SHahboz


Ibrohimjon Mamadiev («Kimyogar» jamoasi murabbiyi) - Teng jamoalar to'qnashuvi har doim qiziqarli kechadi. Guruhimizda ikkinchi o'rin uchun kurash yaxshi bo'lyapti. Oxirgi pallada omadimiz kelib bugun gol urib oldik. Turnirdagi barcha jamoalarga omad tilayman.

"Bunyodkor" - "Do'stlik" (Toshkent) 0:0 TUGADI

Alisher Ibrohimov («Bunyodkor» murabbiyi)  - Ochig'ini aytsam «Do'stlik» jamoasini hurmat qilaman. Biz uchun begona raqib emas. SHahar chempionatida ko'p bor to'qnash kelganmiz. Ikkinchi marotaba 11ga 11 yani yangi formatda o'ynamoqdamiz. SHu bois chiqishib ketish qiyin bo'ldi. Menimcha teng o'yin kechdi

 "Ahmadxon" - Namangan FA 0:3

Gollar: Tolibjonov Ozodbek, Ibrahimov Nurmuhammad, Rahmonaliev Mirshohid 


Muralimov Mirsaid ("Ahmadxon" jamoasi bosh murabbiyi) - Bunday musobaqalarning tashkil etilishidan xursandmiz. Turnirda bolalarimiz yaxshigina tajriba to'plashmoqda. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, xato va kamchiliklarimizni ko'rib oldik. 

Odil Ahmedov FA (To'raqo'rg'on) - "Nasaf" 1:0 TUGADI

Gol: Ro'ziqulov Doston



Qahramon Mahamadjonov (Odil Ahmedov FA (To'raqo'rg'on) bosh murabbiyi) - Bugun qiziqarli va qiyin o'yin bo'ldi. "Nasaf"dan bunday o'yin kutmagandim. Boisi ular bilan ilk bor o'ynamoqdamiz. Menda iliq taassurot qoldirdi. Kerakli zaxiralarni amalga oshirib o'yinni o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik. Golgacha 2ta hujumchi, goldan keyin yana boshqa taktikada harakat qildik. "Nasaf"ga keyingi bahslarda omad tilayman.

"CHig'atoy" - Namangan FA B 4:0

Gollar: Turg'unboev Bahodir (dubl), Raxmonov Nodir, Jumaboev Avzal

Axror Rustamov ("CHig'atoy" bosh murabbiyi) - 11ga 11 formatda ilk bor turnirda ishtirok etmoqdamiz. Bolalarga biroz qiyin bo'lyapti. Bugun raqibdan kuchli edik. Biroq shogirdlarim juda shoshishdi. Xudo xohlasa yangi formatga ko'nikib olamiz. Ushbu musobaqa shahar chempionatiga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun yaxshi imkoniyat. Ushbu bahsda bundan ham kattaroq hisob qayd etilishi mumkin edi. Birinchi turdagi o'yinga qaraganda himoyada yaxshi o'ynadik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика