Oliy ligada dastlabki besh tur xulosasi: Gollar kam!
22 apr 2014 14:51
Yangiliklar

Oliy ligada dastlabki besh tur xulosasi: Gollar kam!
Bu yilgi oliy ligamizda beshta tur ortda qoldi. 26 apreldan boshlab 6-tur o'yinlari start oladi.
Dastlabki besh tur xulosalari bo'yicha ko'p narsani gapirish, bir nechta statistik malumot va qiziqarli raqamlarni keltirish mumkin. Ammo eng avvalo shuni aytishimiz kerakki, o'tgan yil bilan taqqoslaganda bu yilgi milliy birinchiligimizda gollar kamayib ketdi.
2013 yil: 35 o'yinda 88ta gol
Oldingi chempionatning ilk besh turida darvozalarga jami 88ta gol urilgandi. Har bir turda ettitadan o'yin bo'ladigan bo'lsa, besh turda bahslar soni 35tani tashkil etadi va 88ta golni o'rtacha bir o'yinga bo'lsak, 2,5 qoladi. Demak, o'tgan yil hisobidan har bir o'yinda o'rtacha 2,5tadan to'p kiritilgan ekan. Buni turlar misolida ko'rib chiqamiz.
1-tur: 21ta gol
2-tur: 17ta gol
3-tur: 13ta gol
4-tur: 18ta gol
5-tur: 19ta gol
Demak, o'tgan yilgi dastlabki beshta tur hisob-kitoblariga ko'ra eng ko'p gol 1-turda kiritilgan - 21ta. Eng kami esa 3-turda ro'y bergan - 13ta.
2014 yil: 35 o'yinda 71ta gol
Bu yilgi chempionatimizda esa dastlabki besh turda jami 71ta to'p kiritildi. Bu esa o'tgan yilgi ko'rsatkichga nisbatan 17ta kam deganidir. Qolaversa, har bir o'yinga o'rtacha 2tadan gol to'g'ri kelyapti. Endi turlar bo'yicha hisoblab ko'ramiz.
1-tur: 14ta gol
2-tur: 18ta gol
3-tur: 14ta gol
4-tur: 11ta gol
5-tur: 14ta gol
Hozircha darvozalarga eng ko'p gol 2-turda kirtildi - 18ta. Eng kam gol esa 4-turda ro'y berdi - 11ta. Aytib o'tganimizdek, bu yil hisobidan hozircha oliy ligamizda gollar birmuncha kamayib ketdi. Ko'pchilik saviya birmuncha ortganini etirof etmoqda, balki jamoalar kuchi tenglashib borayotgani uchun ham gollar kam kuzatilayotgandir. Lekin boshqa tomondan futbolni sevuvchi muxlislar ko'proq gollar ko'rishni xohlashadi. SHunday ekan, keyingi turlarda sermahsullik ortsa ajab emas.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar