So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

Oliy liga qaldirg'ochlari yoxud bu yil debyutini o'tkazgan posbonlar haqida Yangiliklar

Oliy liga qaldirg'ochlari yoxud bu yil debyutini o'tkazgan posbonlar haqida

Oliy liga yakunlariga to'xtalar ekanmiz, etiborimizni joriy mavsumda elitada debyutini o'tkazgan posbonlarga qaratib o'tishni lozim topdik.
Zero darvozabon – yarim jamoadir. Ular quyidagilardir.  

Akmal Ortiqov – “Olmaliq”
Namanganlik Akmal Oriqov o'tgan yili birinchi ligada faoliyat yuritgandi. Aniqrog'i Uychining “Xotira-79” jamoasida o'zini ko'rsatgan golkiper Igor SHkvirinning etiboriga tushdi. 27 yoshli posbon yil boshida oliy liga jamoasining ro'yxatidan o'tkazildi. Yangi jamoasida u Maqsatmurod SHomurodov va Umid Xoniqulov singari o'zidan birmuncha tajribali bo'lgan hamkasblari bilan jiddiy raqobatga duch keldi.

Avvaliga yoshlar ligasida o'zini ko'rsatgan xolda shu orqali asosiy jamoada ham maydonga tusha boshladi. Ortiqov 14-turga kelib oliy ligada debyutini o'tkazdi. Bekobodda “Metallurg”ga qarshi bahsda SHkvirin darvozani aynan Akmalga ishonib topshirdi. Lekin mazkur uchrashuvda maydon egalari 3:2 hisobida g'alaba qozondi va shu tariqa namanganlik darvozabonning ilk uchrashuvi omadsiz yakunlandi. Umumiy olganda Ortiqov bu yil asosiy tarkibda 7 bor maydonga tushib, to'liq o'ynadi. Ushbu bahg'larning ikkitasida quruq seriya qayd etgan bo'lsa, o'z darvozasidan jami 9ta gol o'tkazib yuborgan. Ko'ramiz Akmalni kelasi mavsum “Olmaliq” murabbiylari jamoada olib qolarmikin.  

Sarvar Karimov – “Lokomotiv”
Yoshlar terma jamoamiz safida ishonchli o'yinlari bilan o'zini ko'rsata olgan Sarvar Karimov ham bu yil oliy ligada debyutini o'tkazdi. 1996 yilda tavallud topgan darvozabon Ignatiy Nesterov va Temur Jo'raev singari mahoratli posbonlar bilan tengma-teng ishladi va jiddiy raqobatga qaramay Vadim Abramovda iliq taassurot qoldira oldi. “Temiryo'lchilar” ustozi 25-turga kelib, tavakkal qildi shekilli “Neftchi”ga qarshi bahsda darvozani Karimovga ishonib topshirdi. Sarvar ushbu o'yinda maydonda to'liq harakat qildi va o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqdi. Lekin uning ilk uchrashuvi omadli yakun topdi.

CHempionatning so'nggi turida esa Vadim Abramov darvozabonlardan Temur Jo'raevga ishonch bildirdi. Yaqinda “Lokomotiv”ning birinchi raqamli posboni Nesterovga “SHo'rtan” qiziqayotgani haqida xabarlar urchiy boshladi. Extimol Ignatiy haqiqatdan ham g'uzorliklar safiga ko'chib o'tsa, shunda Sarvar Karimovga yo'l ochilar. Buni vaqt ko'rsatadi.

Sergey Smorodin – “Andijon”
CHempionatning so'nggi turida “Andijon”ning iqtidorli darvozaboni Sergey Smorodin ham elitada debyut uchrashuvini o'tkazdi. Aytish kerakki, ushbu darvozabon ikki mavsumdan buyon andijonliklar bilan birga. Joriy chempionat mobaynida asosan Temur G'aniev va Muhiddin Xudoyorov soyasida qolib ketgan 20 yoshli posbon “Neftchi”ga qarshi bahsda boshlang'ich tarkibdan joy oldi. Garchi ilk uchrashuvi bo'lsada, Smorodin shu kuni odatdagidek harakat qildi va o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Qo'qonda kechgan uchrashuvda Sergey o'z darvozasidan bitta to'p o'tkazib yubordi. Lekin uning hali hammasi oldinda. Bilishimizcha Smorodinga oliy liganing bir qator jamoalaridan qiziqishlar bo'layotgan ekan. 

SHuningdek xorijlik posbon Yuriy Petar Denchev ham bu yil oliy ligamizda ilk mavsumini o'tkazganini ham aytib o'tish lozim. Bolgariyalik golkiper “Navbahor” tarkibiga ikkinchi davrada kelib, Doniyor Usmonov va Xurshid Xo'jaev singari hamkasblarini zaxiraga o'tkazib qo'ydi. Demak 25 yoshli futbolchi murabbiylarning ishonchini qozongan.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика