So’nggi yangiliklar

18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

Oliy liga 4-tur statistikasi Yangiliklar

Oliy liga 4-tur statistikasi

5-7 mart kunlari oliy liganing to'rtinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
O'quvchilarimizga yakunlangan tur statistikasini havola qilamiz. Turning 7ta uchrashuvida darvozalarga 11ta gol urildi. Har bir o'yinga o'rtacha 1,57tadan gol to'g'ri keladi.

4-turdagi 7ta uchrashuvning 3tasida mezbon jamoa zafar quchdi.
“Buxoro” - “Metallurg” – 2:1.
“Navbahor” - “Nasaf” – 1:0.
“Lokomotiv” - “So'g'diyona” – 3:1.

Bu turda ikkita durang qayd etildi.
"Olmaliq" - "Andijon" – 0:0.
“Neftchi” – “Qizilqum” – 0:0.

Safardan 2 jamoa g'alaba bilan qaytdi.
“Mashal” - “Paxtakor” – 0:1.
“Dinamo” - “Bunyodkor” – 0:2.

4-turda bitta penalti belgilandi. “Metallurg” vakili Alisher Ziyovuddinov “Buxoro”ga qarshi o'yinda 11 metrli jarima to'pidan so'ng gol ura olmadi.

Turning 7ta uchrashuvida hakamlar tomonidan 29ta sariq kartochka ko'rsatildi. Bu har bir o'yinda 4,14tadan sariq kartochka ko'rsatildi deganidir. “Neftchi” – “Qizilqum” uchrashuvida eng ko'p ogohlantirish ko'satildi – 10ta. “Mashal” – “Paxtakor” uchrashuvida hakam ikki marta sariq kartochka ko'rsatdi.

Ushbu turda yirik va irodali g'alabali hisoblar qayd etilmadi. Bu turga qadar bir bor yirik g'alaba kuzatilgan bo'lsa, jamoalar ikki bor irodali g'alabaga erishishgandi. To'rtinchi turda hech kim bir futbolchi dubl va xet-trikka erishmadi.

4-turning 7ta uchrashuvini kuzatish uchun stadionlarga jami 45476 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 6497 nafar tomoshabin keldi deganidir. Turning eng ko'p tomoshabini “Dinamo” – “Bunyodkor” uchrashuviga keldi – 13154. Eng kam tomoshabin esa “Lokomotiv” – “So'g'diyona” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun “Lokomotiv” stadioniga 2010 nafar tomoshabin keldi.

4-tur

Ko'rsatkich

2014 yil

7

O'yin

28

11 (1,57)

Gol (o'rtacha)

57 (2,04)

3 (42,86%)

Mezbon g'alabasi

12(42,86%)

2 (28,57%)

Durang

6 (21,43%)

2 (28,57%)

Mehmon g'alabasi

10 (35,71%)

1

Penalti belgilandi

7

0 (0%)

Penalti amalga oshirildi

4 (57,14%)

29 (4,14)

Ogohlantirish (o'rtacha)

118 (4,21)

1 (0,14)

CHetlatish (o'rtacha)

3 (0,11)

0

Yirik g'alaba

1

0

Irodali g'alaba

2

0

Dubl

1

0

Xet-trik

0

45476 (6497)

Tomoshabin (o'rtacha)

173289 (6189)


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика