So’nggi yangiliklar

19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 4-tur bahslari yakuniga etdi. Odatga ko'ra saytimiz xodimlari tomonidan tuzib chiqilgan tur ramziy termasini etiboringizga havola etamiz.
4-turning eng yaxshilariga “Andijon”, “Paxtakor”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Buxoro”dan futbolchilar etirof etildi. Demak, quyida eng yaxshilarni keltirib o'tamiz.

Darvozabon – Timur G'aniev (“Andijon”)
“Andijon” bu turda “Olmaliq” mehmoni bo'lib mavsumdagi ilk ochkosini ishladi. Hisob ochilmagan o'yinda mehmonlar darvozaboni Timur G'aniev juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Va u haqli ravishda ramziy terma jamoaning darvozasidan o'rin oldi.

CHap qanot himoyachisi – Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)
“Paxtakor” ketma-ket to'rtinchi g'alabasini nishonladi. To'rtinchi g'alaba Muborakda “Mashal” ustidan qo'lga kiritildi. Ushbu bellashuvda “Paxtakor” himoyachisi, o'z vaqtida “Mashal”da to'p tepgan Aleksandr Merzlyakov o'zidan ijobiy taassurot qoldirdi.

O'ng qanot himoyachisi – Viktor Karpenko (“Lokomotiv”)
Karpenko 37 yoshda bo'lishiga qaramay, bir tekis o'yin ko'rsatmoqda. Uni bemalol “Loko”ning ishongan o'yinchilaridan biri desa bo'ladi. Toshkentda “So'g'diyona” bilan kechgan bahsda Karpenko o'ng qanotda yaxshi harakat qildi.

Markaziy himoyachi – Yuriy Rijko (“Navbahor”)
Bu turda “Navbahor”ning o'z maydonida “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratishi o'ziga yarasha shov-shuvga sabab bo'ldi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari safida legioner futbolchi Yuriy Rijko yaxshi o'yin ko'rsatdi.

Markaziy himoyachi – Akmal Xoliqov (“Qizilqum”)
“Qizilqum” barchani ajablantirishda davom etmoqda. Yuriy Lukin shogirdlari 4-turda Farg'onaga safar qilib, “Neftchi” maydonidan bir ochko bilan qaytishdi. “Qizilqum”ning o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishida himoyachi Akmal Xoliqovning xizmati katta bo'ldi.

CHap qanot yarim himoyachisi – Oleg Zoteev (“Bunyodkor”)
Oleg Zoteev o'yindan o'yinga yaxshi formaga kirib bormoqda. “Jar”da “Olmaliq” bilan kechgan bahsda uning goli “Bunyodkor”ga bir ochkoni taqdim etgandi. “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda ham Zoteev o'zidan iliq taassurot qoldirdi.
 
O'ng qanot yarim himoyachisi – Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
Garchi “Nasaf” safarda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, jamoa yarim himoyachisi Artur Gevorkyan sheriklariga nisbatan ajralib turdi. Ammo yolg'iz otning changi chiqmas deganlaridek, turkmanistonlik futbolchining bir o'zi hech narsa qila olmadi.

Markaziy yarim himoyachi – Alisher Mahmudov (“Navbahor”)
O'tgan mavsumni “Buxoro”da o'tkazgan Alisher Mahmudov joriy chempionatni “Navbahor”da boshladi. U 4-turdan o'rin olgan “Nasaf”ga qarshi bellashuvda yagona golni urishdan tashqari o'yin davomida yaxshi harakat qildi.

Markaziy yarim himoyachi – Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
“Paxtakor” safida bu gal Jamshid Iskanderov gol muallifi bo'ldi. Yosh yarim himoyachi Muborakdagi o'yinda sheriklaridan birmuncha ajralib turdi. U o'zining tezkor harakati va ajoyib to'p uzatishlari bilan yodda qoldi.

Hujumchi – Bahriddin Vahobov (“Buxoro”)
Mavsumni “Buxoro”da boshlagan Bahriddin Vahobov “Metallurg” bilan kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushib, jamoasi o'yinini kuchaytirish bilan birga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Tajribali hujumchi keyingi turlarda ham o'zini ko'rsatsa ajab emas.

Hujumchi – Vyacheslav SHevchenko (“Lokomotiv”)
“Lokomotiv” safiga kelib qo'shilgan Vyacheslav SHevchenko nihoyat 4-turga kelib o'zining oliy ligadagi ilk golini urdi. “So'g'diyona”ga qarshi bellashuvda u o'zini ko'rsatishga erishdi. SHevchenko avvalgi o'yinlarda ham yaxshi to'p surayotgandi.

Bosh murabbiy – Baxtiyor Ashurmatov (“Navbahor”)
SHubhasiz, 4-turning eng yaxshi murabbiyi deb Baxtiyor Ashurmatov topildi. “Navbahor”ning o'z uyida “Nasaf”ni mag'lub etishida Ashurmatovning xizmati katta bo'ldi. Natijada Baxtiyor Ashurmatov bu yil hisobidan ikkinchi marta ramziy termaga bosh murabbiy sifatida kiritildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика