Oliy liga. 3-tur. Bugungi o'yinlar oldidan
29 mar 2014 11:53
Yangiliklar

Oliy liga. 3-tur. Bugungi o'yinlar oldidan
Bugun oliy liganing 3-turidan o'rin olgan 6ta bellashuv bo'lib o'tadi.
O'yinlarning hammasi bir-biridan qiziq kechishi kutilmoqda. Nazarimizda, muxlislarning etibori birinchi navbatda “Navbahor” va “Neftchi” ishtirokidagi vodiy derbisiga qaratilsa kerak. SHuningdek, “Metallurg” – “Lokomotiv”, “Andijon” – “Mashal” bahslari ham qiziq kechishi kutilyapti.
16:00. “Metallurg” – “Lokomotiv”
Hakam: Valentin Kovalenko
“Metallurg” dastlabki ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. “Loko” esa chempionlik uchun kurashmoqda. Agar bekobodliklar jiddiy qarshilik ko'rsatishsa, “Loko”dan ochko olishlari mumkin. Har holda Rustam Mirsodiqov jamoasi o'z uyida to'p suradi, buning ustiga ochilish o'yini. O'tgan yilgi bahsda “Loko” safardan 4:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan ekan.
16:00. “Navbahor” – “Neftchi”
Hakam: Ravshan Ermatov
Bir so'z bilan aytganda, vodiy derbisi. O'tgan yil tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekishgan. Xo'sh, bu gal qanday bo'ladi? “Neftchi” ketma-ket ikki mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, bugun o'zini ko'rsata oladimi yoki “Navbahor” uydagi ilk g'alabasini nishonlaydimi? Aytgancha, bu o'yinni Ravshan Ermatov boshqaradi, o'tgan mavsum ham aynan shu hakamimiz o'yinni boshqargan ekan.
16:00. “So'g'diyona” – “Dinamo”
Hakam: SHerzod Qosimov
“So'g'diyona” hali g'alaba qozongani yo'q. Ular uyda “Mashal” bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgandi. O'tgan yil “So'g'diyona” o'z maydonida “Dinamo”ni 4:3 hisobida mag'lub etgan. Bugun ham gollar shousiga guvoh bo'lsak ajab emas. Bahsni yosh hakamlardan biri SHerzod Qosimov boshqaradi.
16:00. “Andijon” – “Mashal”
Hakam: Hasan Ro'ziev
Birinchi ligadan oliy ligaga qaytgan jamoalar o'rtasidagi o'yinni boshqarish Hasan Ro'zievning chekiga tushdi. 2012 yil Andijonda o'tkazilgan bahsda maydon egalari 4:0 hisobida zafar quchishgan ekan, lekin bugun bunday yirik hisob bo'lmasa kerak. Axir “Andijon” avvalgi ikki turda birortayam to'p kirita olmadi. “Mashal” esa tish-tirnoqini qayrab maydonga tushishi turgan gap.
17:00. “Paxtakor” – “Qizilqum”
Hakam: Temur To'xtasinov
O'tgan yil bu jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligida “Paxtakor” 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yinni Temur To'xtasinov boshqargandi, bu gal ham shu hakam qo'yildi. “Qizilqum” “Bunyodkor” bilan kechgan bellashuvda o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. SHuningdek, “Paxtakor”ning qanday to'p surishi ham ko'pchilikka qiziq tuyulyapti. CHunki jamoa avvalgi ikki bahsni vodiyda o'tkazdi va aksariyat toshkentliklar bu o'yinlarni ko'ra olishmadi.
17:30. “Nasaf” – “Buxoro”
Hakam: Olim Tolibjonov
O'tgan yil “Nasaf” o'z maydonida “Buxoro”dan 3:1 hisobida ustun kelgan. O'sha o'yinni Valentin Kovalenko boshqarib borgandi. Bugungi bahsda Olim Tolibjonov hakamlik qiladi. Bu o'yin “Buxoro”ning joriy mavsum hisobidan safardagi ilk uchrashuvi bo'ladi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar