So’nggi yangiliklar

19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  1 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  4 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  11 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0

Oliy liga-2014 yakunlari. Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan "Metallurg" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2014 yakunlari. Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan "Metallurg" haqida

Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Mashal", "Dinamo" va "Olmaliq" klublari haqida malumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 9-o'rinni olgan "Metallurg" klubiga etib keldi.
 
Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi jamoa bu yil 25 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Hikmat Hoshimov va Murodjon Toshmatov barcha 26tadan o'yinda maydonga tushib eng ko'p o'ynagan futbolchilarga aylanishdi. 8tadan gol urgan Sunnatilla Mamadaliev hamda SHahzodbek Nurmatov jamoa to'purari bo'lishdi.



Dilmurod Karimov 7 marta sariq kartochka olib jamoada eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Metallurg"ning uch nafar futbolchisi qizil kartochka oldi: Dilmurod Karimov, Davron Karimqulov va Doniyor Odilov.  

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.



* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan

"Metallurg" bu yil jami 44ta gol urdi va 54ta gol o'tkazib yubordi. Gol o'tkazish borasida jamoa 2014 yilda "birinchi" bo'ldi. 4ta o'yinda jamoa o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. 6ta uchrashuvda bekobodliklarning o'zlari to'p kirita olishmadi. "Metallurg" "Olmaliq" va "Andijon" kabi bu mavsum safardagi o'yinlarda g'alaba qozona olmadi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar 26
Gollar 44
Uydagi gollar 29 (65.91%)
Mehmondagi gollar 15 (34.09%)
O'tkazilgan gollar 54
Uyda o'tkazilgan gollar 22 (40.74%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 32 (59.26%)
O'rtacha gol 1.69
O'rtacha o'tkazilgan gol 2.08
Uydagi ochkolar 25/39 (64.1 %)
Mehmondagi ochkolar 3/39 (7.69 %)
Eng yirik g'alaba 3:0 - "Dinamo"
Eng yirik mag'lubiyat 1:5 - "Lokomotiv"
"Quruq" o'yinlar 4 (15.38%)
Gol ura olmagan o'yinlar 6 (23.08%)
Irodagi g'alaba 1
Yirik g'alabalar 1
Yirik mag'lubiyatlar 1
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 33 (1.27)
CHetlatishlar (o'rtacha) 3 (0.12)
Maydonga tushganlar (legioner) 25 (0)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 79809 / 3070


Bekobodliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26,3ni tashkil etdi. Sunnat Ermatov maydonga tushgan, gol urgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Hikmat Hoshimov maydonga tushgan, gol urgan hamda sariq kartochka olgan eng keksa futbolchi sifatida qayd etildi.

Ko'rsatkich

Yosh Futbolchi

Eng yosh gol urgan

19,101 Ermatov Sunnat

Eng keksa gol urgan

34,347 Hoshimov Hikmat

Eng yosh maydonga tushgan

19,101 Ermatov Sunnat

Eng keksa maydonga tushgan

34,360 Hoshimov Hikmat

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,254 Norbekov SHoxnazar

Eng keksa sariq kartochka olgan

34,347 Hoshimov Hikmat

Eng yosh qizil kartochka olgan

25,60 Karimov Dilmurod

Eng keksa qizil kartochka olgan

33,225 Karimqulov Davron



Saytimiz xodimlari tomonidan SHahzodbek Nurmatovni "Metallurg”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sardor Rasulovni esa yil kashfiyoti deb topdik.

Ertaga "Navbahor" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика