So’nggi yangiliklar

11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  2 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  5 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   9 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  36 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Lokomotiv” Yangiliklar

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Lokomotiv”

15 mart kuni navbatdagi milliy chempionatga start beriladi.
SHu munosabat bilan bu yilgi oliy liganing har bir ishtirokchisiga to'xtalishni lozim topdik. “Bunyodkor”dan keyin navbatdagi jamoa “Lokomotiv”.

O'tgan yilgi o'rni: 2
Bosh murabbiy:
Vadim Abramov
“Loko” katta niyatlar bilan jamoa boshqaruviga Vadim Abramovni olib keldi. Ko'pchilikning aytishicha, Abramovning bu jamoada ishlashi oliy ligaga bo'lgan qiziqishni orttirib yuboradi. CHindan ham shunday bo'ladimi-yo'qmi, buni vaqt o'tib bilib olamiz.

Eng yaxshi xarid: Ignatiy Nesterov
“Lokomotiv” bu yil 9 nafar futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Albatta, hammasi yaxshi xaridlar, lekin bittasini tanlashga to'g'ri kelganda Ignatiy Nesterovni ko'rsatmasak bo'lmaydi. CHunki darvozada Nesterov bor ekan, futbolchilar maydonda bemalol to'p surishlari mumkin.

Eng katta yo'qotish: Aleksandr Onika
Onika o'tgan yilning 2-davrasida kelgan bo'lishiga qaramay, zo'r o'yin namoyish etgandi. Lekin nimagadir murabbiylar uning ketishiga yo'l qo'yib berishdi. Agar Onika jamoada qolganida maydon markazida katta hajmdagi ishni bajarishi mumkin edi.

Jamoa etakchisi: Viktor Karpenko

“Loko”da jamoa etakchisi sifatida alohida bir futbolchini ko'rsatish qiyin. SHunga qaramay, Viktor Karpenko hamon boshqalarga o'rnak bo'la oladigan futbol namoyish etmoqda. Bejizga uni Abramov jamoa sardori etib tayinlamadi.

O'zini ko'rsatishi kutilayotgan futbolchi: Vyacheslav SHevchenko
Jamoa safiga bu yil kelib qo'shilgan Vyacheslav SHevchenko anchagina tirishqoq ekan. Faqat u ko'p harakat qilgani bilan ish bitmaydi, muxlislar va atrofdagilar undan avvalo gol kutishadi. SHevchenko tez orada o'zini ko'rsatsa ajab emas.

CHempionatni kimga qarshi boshlaydi: safarda “Navbahor”
“Lokomotiv” 1-turni safarda “Navbahor”ga qarshi o'tkazadi. Namanganda ochilish o'yini bo'ladi, demak stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurishadi. Bizningcha, o'yin ham shunga yarasha qiziq kechsa kerak.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика