So’nggi yangiliklar

13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  0 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  1 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8

Oliy liga. 19-tur. “Navbahor” safardagi g'alabasiz seriyaga barham beradimi? Yangiliklar

Oliy liga. 19-tur. “Navbahor” safardagi g'alabasiz seriyaga barham beradimi?

Bugun oliy liganing 19-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi.
16:00. “So'g'diyona” - “Navbahor”

Turnir jadvalida 13-o'rinda borayotgan “So'g'diyona” o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Kecha bo'lib o'tgan har ikkala jamoaning o'rinbosarlari bahsida “Navbahor” yoshlari 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Xo'sh, bugungi o'yinda ham “Navbahor”ning asosiy tarkibi o'zini ko'rsata oladimi yoki “So'g'diyona” o'z maydonida raqibga imkon qoldirmaydimi?

Ikkinchi davra boshlanganidan beri “So'g'diyona” faqat bir marta g'alaba qozondi. Yani, Davron Fayziev shogirdlari safarda “Dinamo”ni engib qaytishdi. Jamoa o'z maydonida “Olmaliq” bilan durang o'ynadi va qolgan uch bellashuvda yutqazib qo'ydi.

“Navbahor” esa beshta o'yindan ikkitasida zafar quchdi. Jamoa har ikkala g'alabani o'z maydonida qo'lga kiritdi. Safardagi uchta bahsda namanganliklar faqat mag'lub bo'lishdi. Bugun esa jamoa safarda to'rtinchi o'yinini o'tkazadi va bunda “Navbahor”ga yana oson bo'lmasa kerak. Negaki jamoa bugungi o'yinini bosh murabbiysiz o'tkazadi. CHunki Baxtiyor Ashurmatov terma jamoamiz bilan Osiyo o'yinlariga jo'nab ketgan.

Bu ham o'ziga yarasha yo'qotish hisoblanadi albatta. To'g'ri, jamoada Mustafo Bayramov bilan Zohid Nurmatov kabi yordamchilar bor, lekin baribir zamonaviy futbolda bosh murabbiyning o'rni katta. Oliy ligadan tushib ketishi mumkin bo'lgan “So'g'diyona” uchun bu o'yin judayam muhim. O'z navbatida “Navbahor” ham qarab turmasa kerak.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика