So’nggi yangiliklar

09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  0 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  1 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  0 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  7 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  16 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  5 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  3 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  16 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  50

Oliy liga. 13-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 13-tur ramziy terma jamoasi

O'tgan hafta yurtimizda oliy liganing 13-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Odatimizga ko'ra o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon

Eldor Suyunov "Nasaf"

Ramziy terma jamoamiz darvozasini "Nasaf" posboni Eldor Suyunovga ishonib topishirga qaror qildik. Eldor "Dinamo" bilan o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Uning darvozasi tomon 10ta aniq zarba berilgandi, darvozabon bir qator vaziyatlarda juda qiyin to'plarni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.



Himoyachilar
Islom To'xtaxo'jaev "Lokomotiv"
Xayrulla Karimov "Bunyodkor"
Islom Inomov "Olmaliq"

"Lokomotiv" G'uzordan yirik g'alaba bilan qaytdi. Vadim Abramovning safardagi g'alabasida himoyachilarning ham xissasi katta bo'ldi. Ular orasida Islom To'xtaxo'jaevning xizmati beqiyos.

Tajribali Xayrulla Karimov Sergey Lushan ishonch bildirgan o'yinlarda o'zini ko'rsatmoqda. Futbolchi "Andijon" bilan safardagi bahsda himoya va butun jamoani boshqardi. Natijada "qaldirg'ochlar" "burgutlar"ni taslim qilishdi.



Yana bir tajribali himoyachi Islom Inomov ham ramziy termadan joy oldi. U "Olmaliq" bilan birga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi. Bundan tashqari himoyachi jizzaxliklar darvozasini ishg'ol qilishga ham muvaffaq bo'ldi.

Yarim himoyachilar
Jasur Hasanov "Lokomotiv"
Kaxi Maxaradze "Paxtakor"
G'ulom O'runov "Olmaliq"
Akmal Xolmatov "Neftchi"
Doston Hamdamov "Bunyodkor"

Katta Jasur Hasanov G'uzordagi o'yinning eng faol o'yinchisi bo'ldi. U o'z qanotida raqiblarga umuman tinchlik bergani yo'q. Bitta gol urdi va bitta golli pas oshirdi. Tajribali yarim himoyachi jamoasining yirik g'alabasiga katta xissa qo'shdi.



"Paxtakor"ning gruziyalik legioneri Kaxi Maxaradze "Mashal" bilan uchrashuvda ajoyib o'ynadi. U golli pas oshirish bilan birga o'zi ham muborakliklar darvozasiga gol urdi. O'tgan hafta o'z terma jamoasida o'ynab qaytgan futbolchi yuqori saviyada o'ynay oldi.

"Olmaliq" yarim himoyachisi G'ulom O'runov jamoasining sensacion mag'lubiyatidan qutqarib qoldi desak bo'ladi. Sababi "So'g'diyona" safarda "Olmaliq"ni mag'lub etayotganda O'runov ketma-ket ikkita gol urdi va jamoasini oldinga olib chiqdi.



Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionatida o'ynab qaytgan Doston Hamdamov "Andijon"ga qarshi to'liq o'ynadi. U nafaqat so'nggi daqiqada gol urdi, balki bir necha marta raqib posbonini hushyorligini sinab ko'rdi. Agar sal omadi kelganida Doston shu kuni xet-trik qayd etishi mumkin edi.

Akmal Xolmatov "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda jamoasiga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Tajribali yarim himoyachi oliy liganing so'nggi 3ta turida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Hujumchilar
Ilhom SHomurodov "Nasaf"
Baxriddin Vahobov "Qizilqum"

"Nasaf" hujumchisi Ilhom SHomurodov shu turga qadar 2ta gol urgandi. "Dinamo" bilan bahsda SHomurodov birdaniga dublga erishdi. Ro'ziqul Berdiev aytganidek agar Ilhomni tinch qo'ysak gol urishda davom etar. Hujumchiga omad tilaymiz.



Baxriddin Vahobov bu mavsumda o'zining ikkinchi yoshligini boshdan kechirmoqda deb bemalol ayta olamiz. Tajribali hujumchi 13ta o'yinda raqiblar darvozasiga 14ta gol urdi. 13-turda u "Navbahor" darvozasiga 3ta to'p kiritdi. Mart va may oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Vahobov navbatdagi bor ramziy termadan o'rin oldi.


Bosh murabbiy
Vadim Abramov - "Lokomotiv"
Toshkentning "Lokomotiv" klubi G'uzordan 4:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Jamoa ustozi Vadim Abramov haqli ravishda ramziy terma jamoadan o'rin oldi. "Temiryo'lchilar" oliy ligada ketma-ket 4ta o'yinda g'alabaga erishib kelmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика