So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Olamsport.com: Xemilton “Bahrayn Gran-prisi”da tengsiz va kunning boshqa xabarlari Yangiliklar

Olamsport.com: Xemilton “Bahrayn Gran-prisi”da tengsiz va kunning boshqa xabarlari

Saytimiz hamkori hisoblangan Olamsport.com saytida chiqqan eng sara xabarlar bilan tanishing.

Xemilton “Bahrayn Gran-prisi”da tengsiz

“Formula-1” poygalari doirasidagi “Bahrayn Gran-prisi Lyuis Xemiltonning g'alabasi bilan yakunlandi. “Saxira” trassasida o'tgan poygada “Mersedes” jamoasi piloti asosiy taqibchilari Kimi Raykkonen hamda jamoadoshi Niko Rosbergni ortda qoldirdi. Batafsil


Bouling. Mixaylo Kalika “Tashkent Open-2015” g'olibi

Poytaxtimizdagi “The Bowler” klubida bouling bo'yicha nufuzli “Tashkent Open-2015” xalqaro turniri yakunlandi. Musobaqada yurtimiz bouling ustalaridan tashqari, Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Ukraina, Qirg'iziston, Ozarbayjondan sara boulerlar  g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Batafsil

Jahongir Vohidov “2nd 4NCL FIDE Rated Congress” g'olibi!

Istedodli yosh grossmeysterimiz Jahongir Vohidov Buyuk Britaniyaning Uekfild shahrida yakunlangan “2nd 4NCL FIDE Rated Congress” turniri g'olibiga aylandi. Bundan bir muddat avval hamyurtimiz Birmingem shahrida o'tgan “1st 4NCL” musobaqasida ham bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. Batafsil


Jokovich Monte-Karlo turnirida tengsiz


Sayyoramizning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich Monte-Karlo shahrida o'tkazilgan “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik tennis turnirida bosh mukofotga ega chiqdi.  Batafsil


Sabina SHaripova SHenjendagi turnirda

Istedodli tennischimiz Sabina SHaripova Xitoyning SHenjen shahrida boshlangan turnirda ishtirok etyapti. Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida SHuko Aoyamaga qarshi kortga chiqadi. Batafsil


Vladimir Klichko mashg'ulotlarini yakunladi

25 aprel kuni professional boksdagi eng nufuzli vazn sanalgan superog'ir vazn toifasida so'nggi yillarning eng kuchli bokschisi Vladimir Klichko Nyu-York shahridagi “Madison Square Garden” kazinosida WBA (Super), WBO va IBF yo'nalishlaridagi chempionlik kamarini amerikalik Brayant Jennings bilan jangda himoya qilishga urinib ko'radi. Batafsil


Etti nafar tennischimiz CHimkentdagi turnirda

Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi. Ushbu musobaqaning asosiy to'r bahslarida 7 nafar tennischimiz ishtirok etadi. Batafsil


Paralimpiya. Atletlarimizning Gran-Pridagi muvaffaqiyati

17-20 aprel kunlari Xitoy poytaxti Pekin shahrida engil atletika bo'yicha o'tkazilgan Gran-Pri turnirida O'zbekiston paralimpiya terma jamoasi azolari bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Batafsil


Ranoxon Amanova Rossiya ochiq chempionati sovrindori

Suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi etakchi azosi Ranoxon Amanova Moskva shahrida o'tkazilgan Rossiya ochiq chempionatida sovrindor bo'ldi. Batafsil


Jeyms to'p oshirishlar soni bo'yicha Jordanni ortda qoldirdi

“Klivlend” hujumchisi LeBron Jeyms “CHikago” afsonasi Maykl Jordanni pley-off bahslaridagi to'p oshirishlar soni bo'yicha ortda qoldirdi.  Batafsil


“Kuban” himoyachisi Eshenko jiddiy avtofalokatga uchradi

Krasnodarning “Kuban” klubi himoyachisi Andrey Eshenko jiddiy avtofalokatga uchradi. Bu haqda klub sport direktori Sergey Doronchenko o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'ida xabar qoldirdi. Batafsil

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика