So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

olamsport.com: To'rt bokschimizning barchasida oltin Yangiliklar

olamsport.com: To'rt bokschimizning barchasida oltin

Teglar :  Olamsport.comBoks
Xitoyda o'tkazilayotgan boks bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi Osiyo va Okeaniya mintaqasining licenzion turnirida final janglari bo'lib o'tmoqda.

Bugun to'rt nafar charm qo'lqop ustamiz musobaqaning oltin medallari uchun ringga ko'tarilishi kerak edi.

Hozirgina yakuniga etgan Elshod Rasulovning jangi bilan hamyurtlarimizning bugungi ishtiroki yakunlandi. Quvonarlisi, bugun to'rt nafar charm qo'lqop ustamizning barchasida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.

Xushxabar. To'rt bokschimizning barchasida oltin

Avvaliga Hasanboy Do'smatov -49 kg vazn toifasida filippinlik Rogen Ladonni mag'lubiyatga uchratdi. SHundan so'ng, -52 vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHahobiddin Zoirov xitoylik Jianguan Xudan ustun keldi.  

-69 kg vazndagi bokschimiz SHahram G'iyosov tailandlik Saylom Ardini engdi. Terma jamoamizning eng tajribali bokschisi, -81 kg vazndagi Elshod Rasulov esa azaliy raqibi qozog'istonlik Adilbek Niyazimbetovni 2:1 (28:29, 29:28, 29:28) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Qolgan bokschilarimiz ertaga final janglarida ishtirok etishadi. Ertaga Bahodir Jalolov, Rustam To'laganov hamda Yodgoroy Mirzaevalar oltin medal uchun ringga chiqishadi.

ERTANGI FINAL JANGLARI:

-52 kg: Yodgoroy Mirzaeva – Kankan Ren (Xitoy)

-91 kg: Rustam To'laganov – Fengkay YU (Xitoy)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Ivan Dichko (Qozog'iston)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика