So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

OKMK stadioni maysasi yangilandi Yangiliklar

OKMK stadioni maysasi yangilandi

OKMK sport majmuasida kapital tamirlash ishlari olib borilmoqda.

"Stadionni xalqaro talablarga to'liq javob beradigan holatga keltirish uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, futbol maydonimiz maysalari joriy yilning birinchi qismidan buyon to'liq yangilash ishlari olib borilayotgan edi. Aynan shu sababli, jamoamiz uy uchrashuvlarini Toshkentdagi "Jar" stadionida o'tkazib kelmoqda.

Hozirga vaqtga kelib maydon holati mukammal ko'rinishga keltirildi. Kuni kecha FIFAning maydon bo'yicha mutaxassislari Olmaliq shahriga tashrif buyurib chim sifati, maydon tekisligi, drenaj va sug'orish tizimlari, suv etkazib berish nasoslari va boshqa uskunalarni ko'zdan kechirib yuqori bahoni berib qaytishdi.

Endi uni yurtimizdagi futbol maydonlari ichidagi eng namunalisi deb hisoblasak ham bo'ladi. Maydon maysasining ajoyib holatga kelishida shu sohadagi mahalliy eng tajribali mutaxassislar ish olib borishdi.

FIFA mutaxassislari maydonimizga yuqori baho berib, o'zining yozma ravishdagi xulosalarini taqdim etgan.

Yaqin kunlarda OKMK futbol klubi rahbariyati O'zPFL komissiyasini kutib oladi. Unda, OKMK sport majmuasida olib borilayotgan rekonstrukciya ishlari, maydon sifati, yoritish tizimi va shu kabi boshqa masalalar "Stadionlarga qo'yilgan talablar" reglamentiga ko'ra qanchalik bahoga bajarilganligi muhokama qilinadi", – deyiladi klub xabarida.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика