OKMK sport majmuasi CHempionlar Ligasi saralash uchrashuvi uchun ro'yxatdan o'tkazildi
11 iyu 2023 12:49
Yangiliklar
OKMK sport majmuasi CHempionlar Ligasi saralash uchrashuvi uchun ro'yxatdan o'tkazildi
Bu haqda O'zPFL xabar berdi.
"OKMK CHempionlar Ligasi saralash uchrashuvi uchun OKMK sport majmuasini ro'yxatdan o'tkazdi.
OFK komissari saralash bahsi oldidan stadionni to'liq inspekciya qiladi. Komissarning ijobiy xulosasi OKMK uchun guruh bellashuvlarida ham shu stadiondan foydalanishni kafolatlashi mumkin. Buning uchun albatta OKMK guruh bosqichiga ham yo'l olishi kerak.
Saralashda OKMK 15 avgust kuni O'monning "Al Sib" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu qarama-qarshilik 20:00 da start oladi.
P.S. OKMK maydoni rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor. Projektor esa 1 avgustga qadar talab etilgan ko'rinishga keltiriladi", – deyiladi O'zPFL xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar