So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

OKMK – “Neftchi” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

OKMK – “Neftchi” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert hakamlar komissiyasi xulosasi

Avvalroq xabar berganimizdek, O'zbekiston Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan OKMK hamda “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ishi muxlislarning ko'plab noroziligi va etirozlarini inobatga olgan holda, Ekspert-hakamlar komissiyasiga oshirilgan edi.

Komissiya azolari 3 ta bahsli vaziyat bo'yicha o'z fikrlarini bildirib, yakuniy xulosalarini malum qildi. 

P.S: Barcha epizodlar videosini "Telegram"dagi kanalimizda ko'rishingiz mumkin.

1-vaziyat: Penalti bor yoki yo'q?
Dastlab uchrashuvning 42-daqiqasida “Neftchi” darvozasi tomon belgilangan penalti vaziyati ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, komissiya vakillari uzoq vaqt davom etgan bahslardan so'ng, ovoz berish yo'li bilan masalani hal qildi. Natijada, ovozlarning katta qismi (80%) ushbu vaziyatda penalti bor deb topdi va hakamning qarori to'g'ri, deya baholandi.

2-vaziyat: Ofsayd bormidi yoki “Neftchi”ning goli nohaq bekor qilindimi?
O'yinning 45-daqiqasida yuzaga kelgan “Neftchi” tomonidan urilgan golning ofsayd sababli bekor qilinishi ham ko'plab noroziliklarga sabab bo'ldi. SHu tufayli, o'sha vaziyatda VAR tomonidan ofsayd chizig'i tortilgani va vaziyat o'sha paytiyoq tekshirilib, qaror to'g'ri chiqarilgani aks etgan videotasvirni ilova qilmoqdamiz. Ekspert hakamlar komissiyasi azolari bir ovozdan hakamlarning qarori bu holatda to'g'ri bo'lgan, degan xulosaga keldi.

3-vaziyat: Qizil yoki sariq kartochka?
Bahsning 57-daqiqasida OKMK futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev tomonidan raqib futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi qo'pol tarzda buzilgan. Bosh hakam Ilgiz Tantashev esa dastlab futbolchiga to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka ko'rsatgan, biroq VARga murojaat qilgach, qarorini o'zgartirib, bu vaziyatda sariq kartochka bilan kifoyalangan. Ekspert hakamlar komissiyasi ushbu holatni chuqur tahlil qilgach, qizil kartochka ko'rsatilishi kerak bo'lgan, degan xulosaga keldi.


OKMK bilan o'yindan keyin "Neftchi" hakamlikdan shikoyat qildi  

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика