So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

OK-2015 guruh bosqichidagi raqiblarning o'rtoqlik o'yinlari haqida Yangiliklar

OK-2015 guruh bosqichidagi raqiblarning o'rtoqlik o'yinlari haqida

O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichidagi raqiblari - Xitoy hamd Saudiya Arabistoni terma jamoalarsi 2014 yili bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlarini tasdiqlashdi.
Ispaniyalik mutaxassis Xuan Lopes bosh murabbiylik qilayotgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi may oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Har ikkala o'rtoqlik uchrashuvi ham Ispaniyaning Xeres shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Dastlab, 24 may kuni Moldova terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushsa, 30 may kuni Gruziya terma jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkaziladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2015 guruh bosqichidagi yana bir raqibi – Xitoy terma jamoasi ham 2014 yili bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Alan Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy terma jamoasi iyun oyida o'z maydonida 3ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Dastlab, 19 iyun kuni Xitoy terma jamoasi SHenyan shahrida Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 22 iyun kuni Xitoy va Misr termalari o'zaro ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadilar. Nihoyat 29 iyun kuni SHenjen shahrida Alan Perren shogirdlari Afrikaning boshqa bir jamoasi Maliga qarshi maydonga tushadi.

Xitoy terma jamoasi oktyabr oyida ham bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Jumladan, 4 oktyabr kuni Kuvayt terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Oktyabr oyidagi boshqa o'rtoqlik o'yinlari hali tasdiqlanmagan.

Malumot o'rnida, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham 2014 yili OK final bosqichiga tayyorgarlik jarayonidan o'rin olgan bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishi kelishib olingan. Dastlab, 27 va 29 may kunlari Ummon terma jamoasi Toshkentda mehmon bo'lsa, milliy terma jamoa avgust, sentyabr hamda oktyabr oylarida ham bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishi rejalashtrilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 V guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика