So’nggi yangiliklar

07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  19 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  14 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  17 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  74 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  113 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  701

O'g'liga iPhone 6 xarid qilishni istamadi. Bu haftada Ronaldu haqida nimalarni bilib oldik Yangiliklar

O'g'liga iPhone 6 xarid qilishni istamadi. Bu haftada Ronaldu haqida nimalarni bilib oldik

So'nggi haftada OAV Krishtianu Ronaldu haqida juda ko'p yozishdi. Biz esa ushbu malumotlarni jamlab, sizga taqdim etamiz.

Otasi bilan munosabatlari


"Otam piyonista bo'lgan. U men xohlagandek emas edi. Uni yaxshi ko'rardim, ammo hech qachon siz bilan o'tirganimiz kabi (The Times jurnalisti) otam bilan ochiqchasiga suhbatlashmaganman.

Otasi 2005 yilda vafot etgan. U Londonda kasalxonada edi va men ser Aleks Fergyusondan ruhsat so'raganman: "Kouch (murabbiy), men ketishim kerak". O'sha paytda mavsumning hal qiluvchi qismi edi. Fergyuson esa shunday javob berdi: "Futbol otang kabi katta ahamiyatga ega emas. Ketmoqchi bo'lsang - bemalol boraver".


Ronaldu o'g'liga iPhone 6 xarid qilishni istamadi


"25 yosh bo'lsam ota bo'lishni orzu qilar edim. SHunday ham bo'ldi. O'g'limni bitta o'zim o'stirayotganimga to'xtaladigan bo'lsak, bazilarning na otasi va na onasi bor, shu sababli otaning o'zi etarli deb o'ylayman. Hech qachon hech kimga o'g'lim tug'ilishi va uning onasi haqida gapirmaganman. Farzandim katta bo'lganidaa, hammasini tushuntirib, nimalarni his qilganimni aytaman. U meni tushunadi degan umiddaman. O'g'limning tug'ilishi meni o'zgartirib yubordi. Farzandim doimo meni qo'llab-quvvatlaydi, doimo kulib turadi.

U mening yo'limdan yurishini, hujumchi bo'lib, ko'plab gollarga mualliflik qilishini istardim, ammo u ko'proq darvozabonlik yoqadi.

Yaqinda o'g'lim iPhone 6 sotib olib berishimni so'radi, ammo rad etdim. Avval kimga qo'ng'iroq qilmoqchiligini so'radim. O'g'lim shunday dedi: "Sizga dada". Qo'ng'iroq qilmoqchi bo'lsa buvisiga murojaat qilishini aytdim. Hamma narsani nazorat qilib bo'lmaydi, ammo talim va tarbiya - biz bera oladigan eng katta sovg'a.

Har yakshanba rejimni buzib, burger egani, koka-kola ichgani boramiz".


O'zini Messidan yaxshiroq deb hisoblaydi


"Messi bilan raqobatdan havotirda emasman. So'nggi sakkiz yil davomida yuqori darajada o'ynadim. SHunday futbolchi bormi?

Jahonning eng yaxshi futbolchisi va ikkinchi raqam orasida kichik farq bo'ladi. Masalan, sovrinlar. Siz Messini eng yaxshi deyishingiz mumkin, boshqasi Inestani. Boshqalar fikrini hurmat qilaman, ammo o'zimni eng yaxshi deb hisoblayman.

Men kamtar emasman, buni tan olaman. O'rganishni, boshqa sport turlaridagi harakatlarni tomosha qilishni, sportchilar buni qanday amalga oshirayotganini ko'rishni yoqtiraman. Boshqalardan o'rganib, rivojlanish mumkin. Bu men uchun juda qiziq".


Faoliyatini yakunlagandan so'ng 4-5 yil dam oladi


"Og'riqsiz o'tgan biror kunni eslay olmayman. Har qanday professional futbolchi shu gapni aytsa kerak, ammo bu meni ishim, shu sababli bunga ko'nikishga majburman. Mashg'ulotlarda ter to'kib ishlasang, har hafta maydonga tushsang, bazida haftasiga ikki marotaba o'yinlarda qatnashsang og'riq bo'lmasdan iloji yo'q. Tana bunga hech qachon ko'nikmaydi.

Faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng, 4-5 yil qirol kabi do'stlarim va oilam bilan yashamoqchiman".


Ronalduning PSJga o'tishi


Bir yildan beri PSJ Krishtianu Ronalduni xarid qilish orzusida. Qatarlik shayxlarning fikricha, portugaliyalik jamoada Ibragimovichning o'rnini egallashi va loyihani yanada kuchaytirishi kerak. "Real" yaxshigina mablag' ishlab olishini tushunib turibdi, hozircha Krishtianu qariyotgani yo'q va taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Transfer yangiliklari donosi va Ronaldu kitobining muallifi Gilem Balage bu borada quyidagicha fikr bildirgan:

"Hammasi Beylga bog'liq. Hozir Ronalduni sotish uchun juda qulay vaqt ekanligini Peres sezib turibdi, ammo Garet "Real" etakchisi bo'la oladimi? Beyl vakillari Peresga shunday degan: "Agar Garet asosiy rolda bo'lmasa, biz "Manchester Yunayted"ga yo'l olamiz".

Benites bilan suhbatda shunday deyilgan: "Siz murabbiy ekanligingizni yaxshi bilamiz, ammo bizda katta javobgarlik yuklanadigan bir yigit bor". Ular Beylni Ronalduning o'rnini egallay olishi borasida teshirishyapti, agar mavsum davomida rahbariyat bunga amin bo'lsa, Ronaldu ketishi mumkin".

Ushbu so'zlardan keyin Ronaldu ketishi haqida intervyu berdi: "Real"dan ketishim mumkinmi? Nega endi yo'q? Seni baxtli qiladigan ishlarni bajarish lozim. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi".

"Real" bundan shunday havotirga tushdiki, xatto Florentino Peres PSJga qarshi o'yindan oldin Ronaldu bilan kamera va mikrofonlar qarshisida bu borada suhbat qurdi.

- Nega bunday deding? - deya gap boshladi Peres.

- Nima debman? - Krishtianu hayron bo'ldi, ammo keyin javob berdi. - Men bunday demaganman. Boshqacha aytgan edim.


Taktika tufayli Mourino bilan xafalashib qolgan


Ronaldu haqidagi kitob savdosini yaxshilashga uringan Gilem Balage britan nashriyotlariga biografiyadan qisqa satrlar olishga ruhsat berdi.

"Valensiya"ga qarshi Ispaniya Kubogi uchrashuvi ("Real" 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edi) yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda Mourino Ronaldudan ortdagi jamoadoshlariga yordam berishni so'raydi. O'yindan so'ng murabbiy yana Krishtianuga himoyaga yordam berish kerakligini eslatadi.

"O'shanda Ronaldu o'zini bosa olmay, kiyinish xonasida baqirib qoladi: "Men siz uchun shuncha ish qilganimdan keyin ham, shunday muomala qilyapsiz! Bunga nima haqqingiz bor?".

Kiyinish xonasida jimlik kuzatildi. Mourino esa xotirjamlikni saqlab shunday degan: "Men bu gaplarni sen orqaga qaytishing uchun jamoaga aytganman".

Joze Ronalduning o'zini bosa olmayotganini ko'rib, biroz nari ketadi. Keyinroq qaytib, suhbatni davom ettiradi, ammo Ronaldu jahldan tushmaydi va Mourino ham bundan g'azablanadi.

"Jamoadagi hamma men kabi o'ylaydi, ammo bu gapni aytish uchun esa ularga jasorat etishmaydi" - deb baqiradi Mourino.

SHundan so'ng futbolchilar Krishtianuni ushlab qolishadi. U taktikaga oid so'zlarni shaxsiyatiga aytilgandek qabul qiladi. Ularning munosabatlari bir umrga o'zgaradi".

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика