So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  2 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

OFKning taklifi bilan O'FA futzalni esga oldi Yangiliklar

OFKning taklifi bilan O'FA futzalni esga oldi

Teglar :  OFKFutzalO'FA
2019 yil futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tadi.

30 avgust kuni saralash bosqichi to'rtta mintaqada o'tkazilishi va Markaziy Osiyodan faqat O'zbekiston unda ishtirok etmasligi haqida saytimizda xabar chiqqan edi. Buni OFKning tvitterdagi rasmiy sahifasi ham tasdiqlagandi.



Bunga O'FA hech qanday munosabat bildirmagandi. Faqat bugun O'FA rasmiy saytida yangi xabar chiqdi. Unga ko'ra OFK Markaziy Osiyo mintaqasi saralashiga mezbonlik qilishni O'zbekistonga taklif qildi. O'zbekiston futbol associaciyasi bu taklifni qabul qilib, saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
 
Ushbu saralash bahslari shu yilning dekabr oyida Toshkentda bo'lib o'tadi va unda O'zbekiston U-20 terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Bundan kelib chiqadiki, OFKning taklifidan keyin O'FA O'zbekiston U-20 terma jamoasi borligini esga oldi. Nima bo'lgan taqdirda ham bu ajoyib xabar bo'ldi. Ayniqsa saralash bahslari O'zbekistonda o'tishi zo'r xabar bo'ldi.


SHu tariqa saralashda quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:
ASEAN - Indoneziya, Malayziya, Myanma, Tailand, Vetnam
Markaziy Osiyo - O'zbekiston, Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston.
SHarqiy Osiyo - Xitoy, Xitoy Taypei, Gonkong, Yaponiya, Makao, Mo'g'uliston
G'arbiy Osiyo - Iroq, Kuvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, BAA

Eslatib o'tamiz, Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 2017 yil Tailandda bo'lib o'tgan U-20 Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan yarim finalga qadar etib borgan edi.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика