So’nggi yangiliklar

10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  0 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   0 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  1 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  5 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  3 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  27

OFK U-19 va U-16 Osiyo chempionatlarini qoldiradi Yangiliklar

OFK U-19 va U-16 Osiyo chempionatlarini qoldiradi

Kecha saytimizda FIFA U-20 hamda U-17 jahon chempionatlarini qoldirgani haqida xabar chiqdi.

Malumki, U-20 jahon chempionati 2021 yil Indoneziyada, U-17 jahon chempionati esa Peruda bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli jahon futbol tashkiloti mezbonlik huquqini saqlab qolgan holda har ikki musobaqani 2023 yilgacha bekor qilishni lozim topdi. 

Bu degani tez orada OFK ham U-19 va U-16 Osiyo chempionatlarini qoldirishi kutilmoqda. Sababi har ikki musobaqa jahon chempionatiga yo'llanma berish uchun o'tkaziladi va FIFA kichik mundiallarni bekor qilganidan so'ng yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo birinchiligini o'tkazishga hojat qolmaydi. Avvalroq UEFA ham U-19 Evropa chempionatini bu yil o'tmaslikni lozim topgandi. 

Xabaringiz bor, U-19 Osiyo chempionati 2021 yilning mart oyida O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi. Biroq mart oyiga borib barcha xalqaro reyslar yana yo'lga qo'yilishiga hech kim kafolat bera olmaydi. SHu bois OFK tavakkal qilmasdan musobaqani 2023 yilga qoldirishni o'ylamoqda. Albatta, musobaqani O'zbekistonda o'tkazish huquqi saqlanib qoladi. 

SHuningdek, Bahraynda o'tishi kerak bo'lgan U-17 Osiyo chempionati ham 2023 yilga qoldiriladi. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Olim SHokirov boshchiligidagi o'smirlar termamiz hozirlik ko'rayotgandi. U-19 terma jamoamiz ustozi esa Timur Kapadze sanaladi. Katta ehtimol bilan Kapadzening keyingi mavsum yana klub futboliga qaytishi kutilmoqda.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика