So’nggi yangiliklar

06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  2 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5

OFK “Bunyodkor” haq ekanligini tasdiqladi Yangiliklar

OFK “Bunyodkor” haq ekanligini tasdiqladi

Qatarning “Al-Jaish” klubi Osiyo Futbol Konfederaciyasiga rasmiy shikoyat yozib, “Bunyodkor” FKni OCHL-2014 musobaqalaridan chetlatishni so'ragandi.
Gap shundaki, qatarliklar saralash bahslarida “Lokomotiv” safida to'p tepgan himoyachi Anvar G'ofurovni turnirning guruh bosqichida “Bunyodkor” jamoasi uchun o'ynayotganini xato deb ko'rsatishdi. Aynan shu masala yuzasidan bugun OFKning tartib-intizom qo'mitasi yig'ilish o'tkazdi. Unda “Al-Jaish” etirozi o'rinsiz deb topildi va “Bunyodkor” musobaqani davom ettirishi malum qilindi.

OFKning “Bunyodkor” FKga yuborgan rasmiy xatida vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

- “Bunyodkor” FK Osiyo CHempionlar ligasida muntazam ravishda ishtirok etibgina qolmasdan, musobaqaning guruh bosqichini muntazam ravishda muvaffaqiyatli bosib o'tayotgan yagona klub hisoblanadi. Qitamizning etakchi klubi bu safar ham o'z ananasini davom ettirib, nimchorak finalga yo'llanma oldi.

Osiyo Futbol Konfederaciyasining tartib-intizom qo'mitasi o'z majburiyatiga ko'ra “Al-Jaish” etirozini ko'rib chiqdi. Yig'ilishda malum bo'lishicha, “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo CHempionlar ligasi reglamentining 35-E punktiga to'la amal qilgan holda, musobaqa uchun hech qanday muammosiz ro'yxat topshirgan. Futbolchi Anvar G'ofurov bir vaqtning o'zida ikkita jamoada ro'yxatdan o'tmaganligi aniqlandi va “Al-Jaish”ning etirozi o'rinsiz deb topildi.

“Bunyodkor” 1/8 final doirasidagi ilk uchrashuvini o'z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi o'tkazadi. Jamoaning navbatdagi o'yinlarida omad va zafarlar tilaymiz"

Qayd etish kerakki, “Bunyodkor” futbol klubi qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo CHempionlar ligasida ettinchi bor ishtirok etmoqda. Klubimizda o'z ishining ustalari bo'lgan tajribali mutaxassislar faoliyat yuritishmoqda. “Bunyodkor” FK tomonidan olib boriladigan har bir ish belgilangan tartib qoidalarga asoslangan holda yuritiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика