So’nggi yangiliklar

15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0 14:00Али Дайининг бенефиси, Абрамовнинг охирги бекати ва "Озоди"даги ягона ғалаба. Эрон билан аввалги ўйинларда қандай натижалар қайд этилган?  19 13:50Милан Шкриньяр қишдаёқ ПСЖдан кетиши мумкин  0 13:31"Персеполис" клуби бугун Ўзбекистон - Эрон учрашувида майдонга тушадиган футболчини судга берди  0 13:13Юсупов 2400 километрни машинада босиб ўтди, Ҳиндистон клуби мусобақадан четлатилди, Тожикистон клуби 2 кун энг тинч мамлакатлардан бири Эронда қолиб кетди...  6 12:39"Ювентус"дагилар Погба клубдан кетишини тасдиқлашди  0 12:20Роналду "Ал Насср" раҳбарлари билан учрашди  4 11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  2 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  24 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  8

O'FFda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar futbol federaciyalari vice-prezidentlari ishtirokida majlis bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FFda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar futbol federaciyalari vice-prezidentlari ishtirokida majlis bo'lib o'tdi

Teglar :  O'FF
O'zbekiston Futbol Federaciyasining majlislar zalida federaciya va PFL rahbariyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar futbol federaciyalari vice-prezidentlari, klub rahbarlari ishtirokida majlis bo'lib o'tdi.

Kun tartibidagi masalalar qatoridan 2018 yil Superliga va Pro-ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo'yiladigan talablarning qay tarzda bajarilayotgani, kelasi mavsumdan boshlab Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilib borilishi, klublarda faoliyat yuritayotgan murabbiylarning attestaciyadan o'tkazish jarayoni, hakamlarni tayyorlash masalalari o'rin oldi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan O'zbekiston Futbol Federaciyasi vice-prezidenti SHoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o'zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Superligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo'yilgan talablarni har bir klub belgilangan muddatda bajarishi zarurligini yana bir bor eslatib o'tib, talablarni bajarmagan jamoalar musobaqa jadvalida egallagan o'rnidan qatiy nazar kelasi mavsumda Superligada ishtirok etishga yo'l qo'yilmasligi borasida ogohlantirdi.

SHuningdek, viloyat futbol federaciyalari tomonidan joylarda futbol infratuzilmalarini yaxshilash, klub akademiyalari, bazalari, futbol maktablarida zarur shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha hisobotlar tinglandi. O'z o'rnida yig'ilishda so'zga chiqqan viloyat futbol federaciyalari masullari Professional Futbol Ligasi tomonidan klublar oldiga qo'yilgan talablarni bajarish bo'yicha joylarda kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, bu borada ish olib borilayotgani, belgilangan muddatgacha barcha talablar bajarilishini takidlab o'tishdi.

Talablarni bajarmagan jamoalar musobaqa jadvalida egallagan o'rnidan qatiy nazar kelasi mavsumda Superligada ishtirok etishga yo'l qo'yilmasligi borasida ogohlantirdi.


Majlis so'ngida yig'ilganlarga O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federaciyalarining umumiy ahvolini o'rganish bo'yicha federaciya xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilib, joylarga yo'l olayotgani aytilib, ushbu ishchi guruhning hisobotlari asosida tegishli xulosalar chiqarilishi yana bir bor eslatildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика