So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

O'FF viloyatlarda U-10/18 terma jamoalarini shakllantiradi Yangiliklar

O'FF viloyatlarda U-10/18 terma jamoalarini shakllantiradi

Teglar :  O'FFBolalar futboli
Yoshlar futboliga bo'lgan etiborni keskin suratda oshirish maqsadida O'FF O'zbekiston hududidagi barcha viloyatlarga bo'lgan etiborni oshiradi.

O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan tashkilotda "O'FF bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi" yangidan tuzildi. Bolalar sportida faoliyat olib borayotgan Mamur Saidqosimov mazkur boshqarmaga rahbar etib tayinlandi. Ayni paytda boshqarma tomonidan viloyat futbol federaciyalariga 2018 yilda barcha viloyatlarda U-10, U-14, U-16, U-18 terma jamoalarini shakllantirish haqida ko'rsatma yuborilgan. Unga ko'ra, endi har bir viloyatda barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shakllantiriladi. Natijada O'FF barcha yoshdagi terma jamoalar futbolchilarini ko'p yillar davomida kuzatib borish imkoniga ega bo'ladi. 

SHuningdek, viloyat futbol federaciyalari endi hududiy ligalarni yo'lga qo'ygan holda oliy liga va birinchi liga jamoalarining futbol maktabi tarbiyalanuvchilari uchun musobaqani yo'lga qo'yishlari lozim bo'ladi. OFK talabiga ko'ra, 18 yoshdagi Respublika chempionati 5ta hududda, 14 va 16 yoshli futbolchilar 7ta hududga bo'lingan holda o'zaro bahs olib boradilar. 10 yoshli futbolchilar esa shahar festivallarida qatnashib turishlari kifoya. Endi oliy va birinchi ligadagi har bir jamoaning bolalar futbolida o'z tarbiyalanuvchilari bo'lishi shart sifatida belgilab qo'yiladi. 

Rejaga ko'ra, har bir viloyatning 10-18 yoshli futbolchilaridan iborat terma jamoalari shakllanadi. Bu esa o'smirlar terma jamoasining bosh murabbiyi saralangan futbolchilar ichidan, yaxshilarni elaklab olish imkonini beradi.

19 yoshdan oshgan aksariyat futbolchilar uchun endi yoshlar ligasiga keng yo'l ochiladi. SHuningdek, birinchilardan bo'lib Toshkent shahrida 2018 yildan etiboran U-17 va U-19 chempionatlari start olad. SHu kungacha bolalar chempionatidan ikkinchi liga o'rtasidagi tafovut paydo bo'lgani uchun ko'plab istedod egalari o'z faoliyatlarini erta yakunlab borayotgan edilar. SHuningdek, O'FFning maxsus dasturi asosida yoshni kichraytirishga qarshi jiddiy kurash olib boriladi.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика