So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  1 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  20 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

O'FF va PFLning etiborsizligi Yangiliklar

O'FF va PFLning etiborsizligi

Men hali umrim bino bo'lib bunday loqayd va beetibor tashkilotni ko'rmaganman.
Saytimiz o'quvchilari juda yaxshi bilishadi, avtofalokat tufayli nogiron bo'lib qolgan Kamoliddin Kenjaevga yordam berish maqsadida ikki marta xayriya tadbiri tashkil etildi. Birinchisi 22 noyabr kuni Qarshida o'tkazilgan bo'lsa, ikkinchisi kecha Toshkentda bo'lib o'tdi.

Qarshidagi tadbirda saytimizning faol vakili Ziyodulla Safarov, “Nasaf” futbol klubi rahbariyati, Ro'ziqul Berdiev boshchiligida murabbiylar shtabi, klub matbuot kotibi Aziz Nuriy katta hajmdagi ishni amalga oshirishdi. SHuningdek, viloyat hokimligi ham qarab turmadi.

Kecha Toshkentda o'tkazilgan tadbirga esa Kamoliddin Kenjaevning o'zi oila azolari bilan uzoq Yakkabog'dan etib keldi. “Nasaf”dan ham vakillar kelishdi. Xayriya akciyasiga tashrif buyurgan terma jamoamiz murabbiylari-yu, futbolchilarga ham katta rahmat. SHuningdek, uzoq-yaqindan o'z vaqtida Kamoliddin bilan birga o'ynagan futbolchilar ham kelishdi. “Yoshlik” sport majmuasiga tashrif buyurgan muxlislarga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Lekin shaxsan meni lol qoldirgan va birmuncha xafa bo'lishimga sabab bo'lgan holat mana shu tadbirga O'FF va PFLning umuman etibor bermagani bo'ldi. Qarshidagi tadbir-ku mayli, asosan “Nasaf” zimmasida bo'ldi, lekin Toshkentdagi tadbir nima bo'ladi, qanday o'tishi bilan o'zbek futbolini boshqaradigan va nazorat qiladigan tashkilotning zarracha ishi bo'lmadi. Tashkiliy masalalarni hal qilish uchun birgina sayt rahbari Nodirxo'ja Yuldashevning elib-yugurgani qoldi, xolos.

Biz O'FF va PFL ham xayriyada ishtirok etishi kerak edi deb ayta olmaymiz. CHunki bu ish savob uchun qilindi va unda birovni majburlash kerak emas. Biz shunchaki qaniydi bosh tashkilotdan ham kimdir kelsa-yu, bizdan biror yordam kerakmi degan manoda qilayotgan ishlarimiz bilan qiziqsa degan xayolda edik. Lekin O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolovni inobatga olmaganda O'FFdan ham, PFLdan ham kechagi tadbirga hech kim kelmadi.

Bu haqda Nodirga aytganimda, “Kubok finalidan keyingi taqdirlash qanday o'tganini ko'rdingiz-u, ulardan yana nima kutish mumkin?” kabi javobni oldim. Ha, to'g'ri, ulardan boshqa nimaniyam kutish mumkin? Qiziq, bitta sayt xayriya akciyasi o'tkazaman deb butun o'zbek futboli jamoatchiligini o'ziga qaratish payida bo'lsa-yu, futbolning bosh tashkiloti “O'zi nima qilyapsizlar? Bizdan qandaydir yordam kerakmi?” deb ikki og'iz qiziqmasdan, loqayd va beetibor qolaversa! SHaxsan bu menga juda qattiq tasir qildi.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика