O'FF va futbol muxlislari o'rtasida muloqot ko'priklari yaratiladi
21 dek 2017 20:56
Yangiliklar
O'FF va futbol muxlislari o'rtasida muloqot ko'priklari yaratiladi
Bunda futbolning ommaviyligini oshirish hamda muxlislar bilan ishlashni takomillashtirish orqali stadionlarimizga ishqibozlar tashrifini ko'paytirish asosiy maqsad qilib olingan.
Qayd etish joizki, ayni damda xalq va ishqibozlar bilan muloqot ko'priklarini yanada ko'paytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Endilikda “GoUzbekistan” loyihasi muallifi Fazliddin Hojimuhammedov O'FFning muxlislar bilan ishlash bo'limida aynan manashu yo'nalishda faoliyat olib boradi. U yurtimizda muxlislik madaniyatini yanada shakllantirish, muxlislarning stadionlarga tashrifini orttirish, ularni qiynayotgan jihatlarni bartaraf etish hamda ishqibozlarning talab va istaklarini O'FF rahbariyatiga etkazishda asosiy ko'prik vazifasini o'tab beradi.
Tez orada har bir professional klub muxlislar jamoalari azolari hamda etakchilari bilan uchrashuvlar o'tkazib, ularning talab va istaklarini yanada batafsilroq o'rganib chiqish rejalashtirilmoqda.
SHu maqsadda dastlab Toshkent shahri klublari, keyin Farg'ona vodiysi va boshqa hudud sharafini himoya qiladigan klublar muxlislari etakchilari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
Fikrlar