So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

O'FF prezidenti “Metallurg-W” jamoasining taqdirlash marosimida qatnashdi Yangiliklar

O'FF prezidenti “Metallurg-W” jamoasining taqdirlash marosimida qatnashdi

Xabaringiz bor, “Metallurg-W” ayollar futbol jamoasi 2017 yilda mamlakat chempionligi va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritib, o'ziga xos “oltin dubl” qayd etdi.

Mana shu munosabat bilan bugun  Bekobod shahridagi metallurglar madaniyat saroyida jamoa azolari, klub murabbiylari va rahbarlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etdi.


Umid Ahmadjonov “Metallurg-W” jamoasini yuksak natija bilan qutlar ekan, jumladan, shunday dedi
: “Bugungi kunda ayollar sportiga Jahon miqyosida juda katta etibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas albatta. CHunki kelajak avlod salomatligi ayollarimizga bog'liqdir. O'zbekiston Futbol Federaciyasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri mamlakatimizda ayollar futbolini rivojlantirish, ular o'rtasida futbolni yanada ommalashtirishdan iboratdir. Federaciya bu borada barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.

Qo'lga kiritilgan yuksak natija bilan “Metallurg” ayollar jamoasini O'zbekiston futbol federaciyasi va o'z nomimdan tabriklayman. Jamoa azolariga, murabbiylariga, klub homiysi hisoblangan “O'zbekiston Metallurgiya Kombinati” Akcionerlik jamiyatiga alohida o'zimni tashakkurimni bildiraman. Ishonamanki, bu qizlarimiz kelajakda Olimpiya terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini, uning obro'sini munosib himoya qiladilar”.


SHundan so'ng “Metallurg-W” jamoasi azolari, murabbiylar va klub rahbarlariga  chempionatning oltin medallari va O'zbekiston Kubogi topshirildi. SHuningdek, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va klub homiylari tomonidan qimmatbaho sovg'alar taqdim qilindi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика