So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  11 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

O'FA va PFL rahbarlari "Beshiktosh" klubi bilan tanishishdi Yangiliklar

O'FA va PFL rahbarlari "Beshiktosh" klubi bilan tanishishdi

Teglar :  PFL Omon G'ofurov
O'FA vice-prezidenti yordamchisi Otabek Imomov va PFL bosh direktori Omon G'ofurov Turkiya futbol federaciyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va tajriba o'rgani maqsadida ayni kunlarda Turkiyada bo'lib turishgani va u erda uchrashuvlar o'tkazishayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun O'FA va PFL mutasaddilari "Inteltek" kompaniyasi rahbariya Ahmet Sezar bilan uchrashib,  klublarda marketing ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish masalalarida fikr almashishdi. SHundan so'ng  "Beshiktosh" klubiga tashrif buyurildi. O'FA mutasaddilarini klub vice-prezidenti Serdal Adalining o'zi kutib olib, boy tarixga ega klub bilan yaqindan tanishtirdi. SHuningdek, klubda olib borilayotgan ishlar, infratuzilma va muxlislar bilan ishlash masalalari bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi. Serdal Adali Turkiyadagi har bir yirik korxona va kompaniyalarda klubning o'z muxlislar guruhi mavjud bo'lib, bu guruh "Beshiktosh" ishtirokidagi o'yinlarga stadionlarga ko'proq muxlislarni jalb qilish bo'yicha targ'ibot ishlarini olib borishini aytib o'tdi.



Bundan tashqari, O'zbekiston vakillari Sport Arbitraj Sudi - CAS advokati Emin O'zkurd bilan huquqiy masalalar bo'yicha suhbatlashishdi. Emin O'zkurd "Beshiktosh", "Fenerbaxche", "Galatasaray" kabi klublarda ham faoliyat yuritadi. Suhbat davomida yosh huquqshunos futbolchilar bilan imzolanadigan shartnomalarning talablari, transfer masalalari va boshqa huquqiy mavzularda o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishdi. Emin O'zkurd bu borada O'zbekistonga ham tashrif buyurib, Superliga klublarida faoliyat yuritayotgan yuristlar uchun seminarlar tashkil etishga tayyor ekanini ham malum qildi.




Turkiya futbol federaciyasi va klublari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha uchrashuvlar davom etadi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика