So’nggi yangiliklar

21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  32 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   7 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  7 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  6 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  2 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1

O'FA va PFL korrupciyaga qarshi! PFL Sport bo'limi xodimi tamagirlik qilgani uchun qo'lga olindi Yangiliklar

O'FA va PFL korrupciyaga qarshi! PFL Sport bo'limi xodimi tamagirlik qilgani uchun qo'lga olindi

O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi o'zbek futbolida korrupciya, poraxo'rlik va tamagirlik kabi illatlarni yo'qotish va ularga qarshi kurashish yo'lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mana shunday noqonuniy harakatlar bilan shug'ullanayotgan shaxslarni aniqlash va tegishli huquq-tartibot organlariga topshirish maqsadida muntazam ravishda tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday tekshiruv ishlari natijasida PFL Sport bo'limi mutaxassisi Rodion Kondratev tamagirlik bilan shug'ullanayotgani malum bo'ldi.


U Buxoro viloyati G'ijduvon tumani "Yoshlar Ittifoqi"ning "Ittifoq" jamoasini Pro-liganing "V" ligasida ishtirok etishi uchun licenziyalashdan o'tkazib berish evaziga 2 500 AQSH dollari miqdorida pora so'ragan. Bu haqida xabar topgan O'FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o'tkazdi. Ana shu tadbir natijasida bugun Rodion Kondratev O'zbekiston Davlat Koservatoriyasining yonida 1 500 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo'lga olindi. Mazkur holat yuzasida jinoyat ishi qo'zg'atish masalasi hal qilinmoqda.


Endilikda Rodion Kondratev o'z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javogarlikka tortiladi. SHuningdek, Rodion Kondratev bilan birgalikda mana shunday tamagarlikka qo'l urgan jinoiy sheriklari ham qonun oldida javob beradi.

O'zbekiston futbol associaciyasi ushbu holat mana shunday nopok maqsadlarni ko'zlab yurgan boshqa shaxslarga ham ibrat bo'lishiga umid bildirib, kimki poraxo'rlik, tamagirlik kabi illatlar orqali o'zbek futboli rivojiga to'sqinlik qilishga urinadigan bo'lsa, qonunda belgilangan qatiy jazoga tortilishi bo'yicha ogohlantiradi.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика