So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  0 18:15"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5

O'FA OFKning ommaviy futbol rivoji bo'yicha "kumush" toifa azolari safiga kiritildi Yangiliklar

O'FA OFKning ommaviy futbol rivoji bo'yicha "kumush" toifa azolari safiga kiritildi

Teglar :  OFKO'FA
Osiyo futbol konfederaciyasi uyushmaga azo mamlakatlar futbol federaciyalarini mamlakatda ommaviy futbolni rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha olib borayotgan dasturlari ko'lamiga ko'ra malum toifalarga ajratib keladi.

O'zbekiston futbol Associaciyasi OFK tomonidan ommaviy futbol rivoji bo'yicha "kumush" toifasi azolari safiga kiritildi.

OFK veb-saytining yozishicha, ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha "kumush" toifaga kiruvchi mamlakatlar soni 6 taga etdi. Qita futbol uyushmasi 2017 yildan buyon azo futbol associaciyalarini o'z mamlakatida ommaviy futbolni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan dasturlari samaradorligi bo'yicha toifalarga bo'lib kelmoqda. Bunda ommaviy futbol bo'yicha yo'lga qo'yilgan tashabbus va dasturlar soni, ularning qamrovi, mavjud infratuzilma, bolalar o'rtasida o'tkazilayotgan turnirlar tashkilotchilik darajasi kabi jami 20 ta mezon asos bo'lib xizmat qiladi.

O'FA mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish maqsadida hududiy futbol associaciyalari bilan birgalikda muntazam ravishda qator festivallar, turli yosh toifalari uchun musobaqalar o'tkazib kelmoqda.

O'FA texnik direktori SHovkat Imamov OFK veb-saytiga bu borada quyidagicha fikr bildirdi:

– OFK bilan barcha yo'nalishlardagi yaqindan hamkorlik samarasi o'laroq O'FAning qator loyiha va dasturlari mamlakatda ommaviy futbolni rivojlantirishda muhim o'rin tutmoqda va futbolning do'stlik hamda tinchlik elchisi sifatidagi o'rnini mustahkamlamoqda. O'FA OFKning barcha dasturlarida katta mamnuniyat ila ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, O'FA shuningdek, mamlakatda ayollar futbolini rivojlantirish, qolaversa imkoniyati cheklangan insonlarning sport bilan shug'ullanishi uchun ham amalga oshirilayotgan dasturlari uchun taqdirlandi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика