So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  4 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  14

O'FA mutaxassislari Rossiyaning "Lokomotiv" klubi bilan muzokara o'tkazdi Yangiliklar

O'FA mutaxassislari Rossiyaning "Lokomotiv" klubi bilan muzokara o'tkazdi

Teglar :  O'FALokomotiv
O'zbekiston futbol associaciyasi mutaxassislari guruhi Rossiya futbol uyushmasi hamda professional futbol ligasida ishtirok etayotgan bir necha professional klublar bilan muzokaralar o'tkazish, ularning faoliyatini o'rganish hamda ular bilan hamkorlik o'rnatish maqsadida jo'nab ketishgani haqida xabar bergan edik.

Dilshod Saidmurodov, Jo'rabek Sabdarov va Sanat SHaripovlardan iborat O'FA mutaxassislari guruhi terma jamoamizning sobiq azolari Vladimir Maminov va Oleg Pashininlar to'p surgan, Rossiya premer ligasining amaldagi chempioni bo'lgan Moskvaning "Lokomotiv" futbol jamoasi ijrochi direktori Aleksey Kirichek hamda ijrochi direktor o'rinbosari Dmitriy Ivanovlar bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Yig'ilishda superligamiz formati haqida ham so'z bordi. Rossiyalik mutaxassislar Rossiya futbol ligasida ham 1992 va 2014 yillarda ushbu formatdan foydalanilganini, ammo bu format o'zini to'liq oqlamaganini aytib o'tishdi.

Muxlislarga yaxshi malumki, "Lokomotiv" klubi so'nggi marta 2003 yilda Evropa chempionlar ligasida ishtirok etgan edi. Oradan 15 yil vaqt o'tib, klub yana ushbu musobaqada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Mutaxassislarimizga "Lokomotiv" vakillari evrokuboklar klubga qanday moliyaviy foyda keltirishi haqida ham to'xtalib o'tishdi. Klub mutasaddilarining so'zlariga ko'ra, natijalarga qarab klub bu musobaqada 15 milliondan 25 million evrogacha pul ishlab olishi mumkin. UEFAning koefficentlar tizimiga ko'ra, evrokuboklarda muntazam ishtirok etib kelayotgan klublar ochkolariga qarab, ko'proq pul ishlab topishlari mumkin bo'ladi. Masalan, CSKA klubi Evropa ligasida qatnashishiga qaramasdan, koefficenti hisobiga ko'ra 30 milliondan ko'proq pul ishlab oladi. Aytib o'tilgan summalar Evropaning grand jamoalari uchun unchalik katta pul hisoblanmasa ham, "Lokomotiv" singari jamoalar uchun ulkan motivaciya hisoblanadi.

Uchrashuvda bir qator dolzarb masalalar haqida fikrlar almashildi. Xususan, "Lokomotiv" klubining futbolchilar bilan o'zaro tuzgan shartnomasi bandlari bilan tanishildi. Barchaga malumki bunday darajasi yuqori klublar futbolchilar bilan 1-2 yillik shartnoma tuzmasdan, balki eng kamida 3 yillik shartnoma imzolashadi. Sababi jamoaga kelib qo'shilayotgan futbolchi klubga mehr qo'yib shu jamoaning bir bo'lagiga aylanishi klub uchun muhim jihatlardan biridir. SHundagina futbolchi jamoada bor imkoniyati va salohiyati bilan, jon kuydirib to'p sura oladi. Bu amaliyotni bizning PFLda ham qo'llash maqsadga muvofiq ishdir. Klub mutasaddilari jamoalarning RPFLga to'laydigan azolik badallari haqida ham gapirib o'tishdi. Olingan malumotlarga ko'ra, premer liga jamoalari 12 million rubldan pul to'lashsa, birinchi liga klublarining badallari 3-5 million rublni tashkil etadi.



"Lokomotiv" jamoasi "Rossiya temir yo'llari" Akciyadorlik jamiyatiga qarashli tashkilot bo'lsada, professional klub sifatida homiysidan faqatgina reklama uchun pul oladi va boshqa xarajatlarini o'z mablag'lari hisobidan qoplaydi.

Klub mutasaddilaridan muxlislarni stadionga jalb qilish usullari haqida o'rtoqlashish so'ralganda, ular tomonidan quyidagi fikrlar bildirib o'tildi. Xususan, "Lokomotiv" klubi o'zining uy stadionida Rossiyaning mashhur qo'shiqchilarini koncertlar berish uchun taklif qiladi. Bu koncertlarda ayrim sanatkorlarga qatnashishlari uchun pul to'lansa, ayrimlari beminnat xizmat ko'rsatishadi. Stadion atrofida bolalari bilan tashrif buyurgan muxlislar uchun turli atrakcionlar, o'yin maydonchalari, bolajonlar uchun qiziqarli bo'lgan yuz bo'yovchi rassomlar xizmatlari yo'lga qo'yilgan.

"Lokomotiv" vakillari bolalar futboliga ham alohida to'xtalib o'tishdi. Klub akademiyasi "Lokomotiv" uchun katta ahamiyatga ega. Akademiyaga yosh futbolchilar 11 yoshdan qabul qilinadi. Ammo mutaxassislar fikriga ko'ra, bolakaylar 14 yoshgacha ota-onasi bag'rida bo'lishi, ulg'ayib 14 yoshga etgach akademiyada tahsilni davom ettirishi maqsadga muvofiqdir. Bu tizim Germaniyada ham samarali yo'lga qo'yilgan. Balki kelajakda "Lokomotiv" ham ushbu tizimga o'tsa ajab emas. Akademiyada bolalar uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlar mukammal tarzda yaratilgan. Boshqa professional klublarning akademiyalari haqida fikr almashilganda Rossiyada faqatgina "Lokomotiv" va "Krasnodar" klublarininggina o'quv muassasalari borligi malum bo'ldi. Mutasaddilar bu holatdan faxrlanishlarini aytib o'tishdi. Har yili akademiya selekcionerlari 20-22 nafar iqtidorli yoshlarni akademiya safiga jalb qilishadi.

Rossiyada klublar o'yin vaqtida xavfsizlikni taminlash uchun styuartlar yordamidan foydalanadi. Ularning har biri bilan alohida mehnat shartnomalari tuziladi va ushbu shartnomaga muvofiq ularga haq to'lab boriladi. Faqat favqulotda holatlar paytida va darajasi yuqori bo'lgan xalqaro o'yinlarda miliciya xizmatiga murojaat etiladi.

Muzokaralar so'nggida O'zbekiston futbol associaciyasi va "Lokomotiv" klubi o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida kelishib olindi. Ushbu kelishuvga ko'ra, klub mutaxassislari O'zbekistonga tashrif buyurib, O'zbekiston jamoalariga seminarlar tashkil qilishadi.

O'FA mutasaddilarining Rossiyaga safari davom etmoqda. Oldinda ularni Rossiya professional futbol ligasi hamda Rossiya futbol uyushmasi vakillari bilan muzokaralar kutib turibdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика