So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  208 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

O'FA MTJ murabbiyi masalasiga izoh berdi Yangiliklar

O'FA MTJ murabbiyi masalasiga izoh berdi

Teglar :  O'FAMTJ
So'nggi kunlarda minglab muxlislar saytimizga faqatgina bir savol bilan murojaat qilishmoqda.

O'FA qachon terma jamoa bosh murabbiyi nomini elon qiladi? degan juda ko'plab savollar va murojaatlar tahririyatimizga kelib tushmoqda. Minglab muxlislar biz bilan aynan shu borada bog'lanib, O'FAdan izoh olishimizni so'rashmoqda. Har bir xabarlar tagida muxlislar O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi masalasida izoh, yani fikr qoldirishmoqda.

Saytimiz xodimlari 3 kundan buyon O'FA matbuot xizmati boshlig'i Yoqubjon Bobojonov bilan bog'lanib, ayni shu savolga javob olishga urinib ko'rishdi. Ammo hozircha aniq bir nomzod haqida izoh berilgani yo'q.

O'FA matbuot xizmati xorijlik murabbiylar bilan muzokara ketayotgani va yaqin orada masala hal etilgach rasman elon qilinishi haqida malumot berdi. Ammo aniq sana yoki nomlar oshkor qilingani yo'q.

Biz O'FA xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Diyor Isamiddinov bilan bog'lanishga urinib ko'rdik. Lekin hozircha bu urinishlar besamar ketdi. Ayni paytda xorijda bo'lib turgan Diyor Isamiddinov xorijlik murabbiy bilan muzokaralar o'tkazayotgani aytilmoqda.

Reyting: -370   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика