So’nggi yangiliklar

21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  4 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  3 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  13 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  7 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2

O'FA Hakamlar bo'limi "Olimpik" - "Paxtakor" uchrashuvidagi vaziyatlarga baho berdi Yangiliklar

O'FA Hakamlar bo'limi "Olimpik" - "Paxtakor" uchrashuvidagi vaziyatlarga baho berdi

Coca Cola Superligasining 3-turidan o'rin olgan “Olimpik” - “Paxtakor” (1:1) uchrashuvidagi ayrim vaziyatlar O'FA Hakamlar bo'limi tomonidan o'rganib chiqildi

Xususan, o'yinning 12-daqiqasida “Paxtakor” azosi Ikrom Aliboev raqibning oyog'iga butsaning tag qismi bilan o'ta qo'pol zarba berdi. Uchrashuv bosh hakami avval sariq kartochka ko'rsatdi, so'ng VAR uni monitorga taklif qilgach, qarorini qizil kartochkaga almashtirdi. Mutaxassislar fikriga ko'ra, qizil kartochka to'g'ri berildi. 

57-daqiqada “Paxtakor” futbolchisi raqibidan ilgarilab ketayotganda himoyachi uni qo'li bilan to'xtatdi. Hakam jarima to'pi va himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi. Ammo VAR vaziyatni ko'rgach, sariq kartochka qizilga o'zgartirildi. 

Ushbu vaziyatda Hakamlar bo'limi quyidagi kriteriylarga to'xtalib o'tdi: 

• himoyachi qo'pollik ishlatmaganida hujumchi darvozabon bilan yaqqol birga bir chiqish imkoniyatiga ega edi;

• hujumchiga nisbatan qo'pollik ishlatilgan vaqtda uning to'p bilan masofasi juda yaqin edi;

• qo'pollik ishlatilgan vaziyatda darvozabon ham o'z joyida qolgan edi. Agarda darvozabon o'rnini tark etib, tezlik bilan to'pga ega chiqqanda vaziyatga boshqacha baho berish mumkin bo'lar edi. SHulardan kelib chiqib, mutaxassislar ko'rsatilgan qizil kartochkani to'g'ri deb baholadilar.

Bundan tashqari, 69-daqiqada “Olimpik” futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam o'yinni davom ettirishni ko'rsatdi. VAR hakamlari takroriy lavhalarni sinchiklab ko'rib, penalti belgilash uchun yaqqol asos yo'q ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Mutaxassislar bosh hakam chiqargan qaror to'g'ri ekanligini tasdiqlashdi.

Reyting: -83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика