So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  208 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

O'FA Evropa va argentinalik mutaxassislar bilan muzokara o'tkazmoqda Yangiliklar

O'FA Evropa va argentinalik mutaxassislar bilan muzokara o'tkazmoqda

O'FA O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy izlash bilan band.

Bizga malum bo'lishicha, ammo hozircha tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, O'FA ayni paytda evropa va argentinalik mutaxassislar bilan muzokaralarni o'tkazmoqda.

O'zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida gruziyalik SHota Arveladze, italiyalik CHiro Ferrara va argentinalik Ektor Kuper nomlari mavjud.

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze hozircha takliflarga rad javobini bergan.

O'FA esa Misr terma jamoasini JCHga olib chiqqan va Rossiyadagi mundialdan so'ng istefoga chiqarilgan Ektor Kuperni yurtimizga olib kelmoqchi. Ayni paytda ushbu mutaxassis bilan ham muzokaralar o'tkazilmoqda. Ektor Kuper Misr terma jamoasidan mundialdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok tufayli istefoga chiqarildi. Misr JCH guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchradi. Ayni paytda esa argentinalik Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi varianti ustida bosh qotirmoqda. Agarda muzokaralar ko'ngildagidek yakun topsa, unda Ektor Kuper terma jamoamiz ruliga kelishi mumkin.

Ektor Kuper yaqin o'tmishda "Valensiya" va "Inter" jamoalaridagi faoliyati bilan ham barchaga yaxshi tanish mutaxassis sanaladi.

O'FAning short-listida italiyalik CHiro Ferrara nomzodi ham mavjud. "Napoli" va "Yuventus" jamoalarida ko'p yillar o'ynagan va mazkur klublarni afsonasiga aylangan Ferraraning murabbiylik faoliyati yorqin kechmayapti. Ferrara ishlagan jamoalaridan istefo chiqarilgani bilan nom qozongan. Ferraraning oxirgi ishlagan joyi Xitoy birinchi ligasi. "Uxan CHjoer" klubi rahbariyati Ferrarani 2017 yilgi mavsumning muvaffaqiyatsiz startidan so'ng istefoga chiqargandi. Bunga qadar esa Ferrara turli yillarda "Yuventus" va "Sampdoriya" jamoalarini qisqa muddat boshqargan va u erdan ham haydalgan.

Eslatib o'tamiz, O'FA bundan avval Portugaliyalik mutaxassis, Eron terma jamoasini JCHga olib chiqqan Karlos Keyrush bilan muzokaralar o'tkazayotgandi. Ammo ushbu muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani bois Keyrush varianti nomzodlar ro'yxatidan o'chirilgandi.

O'FA esa O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomini shu yilning iyul oyida rasman elon qilishi haqida malum qilgandi.

O'zbekiston terma jamoasi o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon bosh murabbiysiz qolmoqda. O'rtada terma jamoamizning o'rtoqlik o'yinlariga tayyorlash uchun malum muddat Ro'ziqul Berdiev va Temur Kapadze vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashdi.

O'FA MTJ murabbiyi masalasiga izoh berdi

O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan qitamizning eng nufuzli turniri Osiyo Kubogi boshlanishiga esa 5 oydan sal ko'proq vaqt qoldi.

Egasiz qolayotgan terma jamoa

Reyting: -264   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика