So’nggi yangiliklar

18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  0 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  1 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  2 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  4 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10

Odil Ahmedov: "Xitoyliklar bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdim" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Xitoyliklar bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdim"

Kecha Xitoyning "SHanxay SIPG" klubiga ko'chib o'tgan Odil Ahmedov bu transfer haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Bu shartnoma qanday amalga oshdi va u necha yilga tuzildi?
- Birinchi davra yakuniga etganidan keyin ko'plab jamoalardan takliflar tushdi. Uyda dam olayotgan paytim "SHanxay SIPG" bosh murabbiyi, Villash Boashning shaxsan o'zidan qo'ng'iroq bo'ldi. Bu murabbiyni Rossiyadagi faoliyatidan bilaman. Kuchli mutaxassis. CHempionlik xarakteriga ega. Portugaliyalik mutaxassis, tuzayotgan jamoasida men ham bo'lishimni istashini aytdi. Futbolchi uchun murabbiyning chaqiruvi muhim. Demak biz u bilan kelishib ishlay olamiz. SHundan so'ng ikkilanmay klubning taklifiga rozi bo'ldim. Bu erda ular "Krasnodar" bilan ham ishni hal qilishdi.

- SHartnoma necha yilga tuzildi, boshqa variantlar bormidi?
- Rossiyaning o'zidan bir necha takliflar bor edi. Evropadar ham chiqishdi. Ammo "Krasnodar" talab qilgan summani Xitoy klubigina berishga tayyorligini aytdi. Qolaversa ularning 3 yillik shartnomasi barchamizni qoniqtirdi. Qolaversa, dunyo yulduzlari Xitoyni maqul ko'rishayapti. Bu bejizga emas.

- Dunyo yulduzlari bilan birga o'ynash sizga begona emas, endigi yulduz sherigingiz, avvalgisidan farqli ravishda Braziliya terma jamoasining asosiy hujumchisi...
- Bunday saviyadagi yulduzlardar ko'p narsa o'rgansangiz bo'ladi. Maydonda ham uning tashqarisida ham. Men ulardan ko'p narsa o'rgandim deb ayta olaman bu ham mening omadim.


- Avvaliga Suleymon Kerimov, endi Sergey Galickiy, ikki safar ham siz rahbarlarning yoqimtoyiga aylana oldingiz, Galickiyning aynan o'zi sizni klubga transfer qilgandi, u bilan xayrlashish qanday kechdi?
- Nimasini aytasiz? "Anji"da Sulaymon Kerimov, "Krasnodar"da Galickiy menga boshqacha qarashdi. Bu transferdan Galickiyning xabari bo'lgan. Aynan u kishining o'zi menga qo'ng'iroq qilib qarorimni hurmat qilishi va keyingi faoliyatimga omad tiladi. Birga faoliyat olib borganimizdan mamnun ekanligini takidladi. Men ham o'z navbatida "Anji" va "Krasnodar" rahbarlariga rahmat aytaman.

- Tabiiyki transferdan manfaatdorsiz, lekin bundan ko'proq Namangan futboli ham yutsa kerak, yani u erda boshlagan futbol maktablaringiz?
- Nima desam ekan, bu transfersiz ham u erda rejamdagi ishni qilishga tayer edim. Bu borada viloyat hokimi, Xayrulla Hayitboevich ham qo'ldan kelgan yordamini berishini aytib o'tdi. Yaqin yillar ichida Namanganda bolalar futbolini yuqori cho'qqiga olib chiqishga harakat kilamiz. Buning uchun biroz vaqt kerak.

- O'tayotgan yil va kelayotgan yil haqida...  
- 2016 yilda xalqimiz katta yo'qotishga duch keldi. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov bu dunyoni tark etdilar. Biz u kishining xotiralarini bir umr yodda tutamiz. Aynan shu holat dilimizni xira qildi. Lekin biz bundan tushkunlikka tushmasligimiz va ularga munosib izdosh bo'lgan holda, yangi Prezidentimiz bilan yuqori cho'qqilarni zabt etishda davom etishimiz kerak. Barchangizga yangi yil, omadli va barakali kelsin!


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика