So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  1 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  16 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  53 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  66 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Odil Ahmedov: "Navbatdagi bosqichda bizni juda kuchli raqiblar kutib turibdi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Navbatdagi bosqichda bizni juda kuchli raqiblar kutib turibdi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov Bahraynga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilardik. CHunki, Bahrayn bizning principial raqiblarimizdan hisoblanadi. Bizga natija juda zarur edi. SHu sababli, qo'ldan kelganicha harakat qilib o'zimizga kerakli natijaga erishdik", - deb so'z boshladi yarim himoyachi

Keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Terma jamoa safida hech qachon oson o'yinlar bo'lmaydi. Navbatdagi bosqichda ham bizni juda kuchli raqiblar kutib turibdi. Oldimizga qo'yilgan maqsad - JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish bo'lgani uchun istalgan raqibga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Raqib himoyada yaxshi o'yin ko'rsatdi. Asosan qarshi hujum orqali o'ynashga harakat qilishdi. SHu sababli, bizga biroz qiyin bo'ldi.

Filippinga qaraganda Bahrayn kuchliroq jamoa. SHu sababli, bugungi o'yin qiyinroq bo'ldi.

Ushbu bosqich haqida? JCH saralashining ushbu bosqichida dastlabki o'yinida mag'lub bo'lganimiz uchun har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur edi. So'nggi turgacha ham keyingi bosqich masalasi hal qilinmagandi. SHu sababli, juda qiziqarli o'yinlar bo'ldi.

Bahrayn terma jamoasi doimo O'zbekiston uchun noqulay raqib bo'lib kelgan", - deya o'z fikrlarini yakunladi Odil Ahmedov.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика