So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон" 1:1 (матнли трансляция)  4 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро" 1:0 (матнли трансляция)  0 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  0 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   5 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  6 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  7 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  19 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2

Odil Ahmedov Namangan sport kolleji tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi (foto+video) Yangiliklar

Odil Ahmedov Namangan sport kolleji tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi (foto+video)

Tig'iz vaqtiga qaramay, kecha Odil Ahmedov, Toshkent viloyatining Nanay qishlog'ida yangi mavsum oldi o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazib qaytgan sport internati futbolchilari bilan uchrashdi.

10 kun davomida yig'in o'tkazgan 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar, ketish oldidan poytaxtning 2004 yilda tavallud topgan IBO'SM jamoasi bilan bahs olib bordilar. Ana shu uchrashuvni tomosha qilish va bolalarga kerakli maslahatlarni berish uchun Odil Ahmedov stadionga tashrif buyurdi.


Futbolchilar bilan uchrashar ekan, MTJ sardori shunday dedi:

- Sizlar vodiy bo'ylab saralab olindingiz. Men va viloyat hokimligi barchangizga yaxshi sharoit yaratib beramiz, Sizlardan talab qilinadigan yagona jihat, bu tinmay mehnat qilish. Eng muhimi esa tartibga rioya qilish. Vaqtida turib, vaqtida dam olish sportchi uchun juda ham muhim. Bizning yoshligimizda bunday bo'lmagan, hozir imkoniyatingiz kengayib borayapti, ota-onaningiz uchun, Vataningiz uchun mehnat qiling, shunda safimizdan o'rin olasizlar.


Rauf Inileev bolalar oldiga chiqar ekan, bu loyiha jiddiy bo'lmaganida Odilni o'zi shahsan kelmasligi, munosabat jiddiy-ki, uni o'zi Sizlarni oldingizga tashrif buyurib kerakli maslahat berayotganini takidlab o'tar ekan, aynan uning qo'lida Ahmedovni MTJda debyut qilganini yodga olib o'tdi.

"Men uni qanday qiyinchilikni bosib o'tganini bilaman, mana bugun o'zi Sizlardan xabar olgani keldi. Bu katta narsa. SHuning uchun birgalikda mehnat qilgan holda barchaning ishonchini oqlashlaringiz kerak bo'ladi", - deydi Rauf Talgatovich.


Endigi rejaga ko'ra, Namangan sport kolleji bilan hamkorlikda ochilayotgan "Odil Ahmedov akademiyasi" tarbiyalanuvchilari kuz oyidan boshlab yangi mavsumni davom ettiradilar. Oktyabr oyidan jamoa Evropa metodikasi asosida o'z ishini yuritishni boshlaydi.




Dekabr oyining boshida esa Ahmedov Namanganda bolalar bilan birgalikda mashg'ulotlarda ishtirok etishini malum qildi.



TAS-IX

http://mytube.uz/tracks/566431.htm


TAS-IX emas

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика