So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  20 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Odil Ahmedov akademiyasi va ROPSTTM hamkorlikda “Olimpiya” jamoasiga asos soldi Yangiliklar

Odil Ahmedov akademiyasi va ROPSTTM hamkorlikda “Olimpiya” jamoasiga asos soldi

“Odil Ahmedov football academy” hamda Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o'zaro hamkorlikda “Olimpiya” futbol jamoasini tashkil etdi.

Liga esa o'z Ustavi asosida mazkur jamoani Birinchi liga musobaqasi uchun ro'yxatdan o'tkazdi.

Liga Ustavining 4.3-bandida u o'z tashabbusi bilan bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirayotgan, futbol sohasiga xususiy investiciyalarni kiritayotgan hamda xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan futbol klublarini kirish badalini to'lash sharti bilan qatnashchilar safiga qabul qilishi mumkin ekanligi belgilangan. Ahmedov futbol akademiyasida ayni vaqtda 9 yosh toifasidagi jamoalar mavjud bo'lib, ular so'nggi yillarda muntazam ravishda respublika musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. 5 yil davomida mazkur maktab bolalar-o'smirlar futbolida o'z o'rniga ega bo'lib ulgurganligini uning tarbiyalanuvchilari turli yoshdagi O'zbekiston terma jamoalariga jalb qilinayotgani, bir nechta tarbiyalanuvchi esa allaqachon professional shartnoma imzolashga ulgurganligi bilan izohlash mumkin.

Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan o'zaro memorandum asosida akademiyaning bir qator futbolchilari mazkur markazda tahsil oladi. SHuningdek, akademiya markaz sport bazasidan foydalanish shartida uning infrastrukturasiga investiciya kiritib keladi. Endilikda hamkorlik natijasida yosh futbolchilar Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarga qadam qo'yadi. “Olimpiya” Birinchi ligadan tashqari O'zbekiston kubogi musobaqasida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

2022 yilgi mavsumda Liga Samarqandning “Yunired” hamda Andijonning “Andijon SGS” jamoalari bilan xuddi shu ko'rinishda hamkorlik qilgandi. 2023 yilda “Do'stlik Toshkent”, “Olimpiya” kabi jamoalar licenziyalash talablari asosida professional futbolga tayyorlab boriladi. Liga bosqichma-bosqich respublikaning davlat ishtiroki mavjud bo'lgan futbol maktablari hamda akademiyalarini professional futbol bilan bog'lash masalalarini shakllantirib bormoqda.

Professional futbol ligasi “Olimpiya” futbol jamoasining kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика