So’nggi yangiliklar

15:18Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро". Асосий таркиблар маълум  0 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  1 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  3 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  5 13:19Дино Дзофф Италия Норвегияга ютқазгани ҳақида: "Бунга сабаб - А Серия. Темп секин, ҳакамлар хуштак чалаверишади"  4 12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   14 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  3 12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  17 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  22 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  2 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  4 09:55Фарруҳ Сайфиев: "Эрон ҳам бизни ҳурмат қилишни бошлади"  8

OCHL tugatildi, endi yangi musobaqa ko'ramiz Yangiliklar

OCHL tugatildi, endi yangi musobaqa ko'ramiz

Bu mavsumdan boshlab biz o'rganib qolgan Osiyo chempionlar Ligasi boshqa o'tkazilmaydi.

Bu musobaqa o'rniga ikkita yaxshi turnirni kuzatamiz.

Birinchisi, Osiyo Elit chempionlar ligasi. Ikkinchisi, Osiyo chempionlar Ligasi 2. OFK musobaqa nufuzini oshirish hamda yanada ko'proq muxlislar (toshabinlar)ni jalb etish maqsadida yangicha format ishlab chiqdi.

Biz shu paytgacha kuzatib kelgan Osiyo chempionlar Ligasi 21 mavsum faoliyat olib bordi. Musobaqa ilk bor 2002/03 yil yo'lga qo'yilganida dastlabki g'olib BAAning "Al Ayn" klubi bo'lgandi. Buni qarangki, 2024 yil o'tkazilgan oxirgi finalda ham g'oliblik "Al Ayn"ga nasib etdi. 

OCHLning barcha g'oliblari

2024. "Al Ayn"

2022. "Urava Reds"

2021. "Al Hilol"

2020. "Ulsan Xyunday"

2019. "Al Hilol"

2018. "Kashima Antlers"

2017. "Urava Reds"

2016. "CHonbuk Motors"

2015. "Guangjou Evergrand"

2014. "Vestern Sidney"

2013. "Guangjou Evergrand"

2012. "Ulsan Xyunday"

2011. "Al Sadd"

2010. "Seongnam Ilva CHunma"

2009. "Poxang Stilers"

2008. "Gamba Osaka"

2007. "Urava Reds"

2006.  "CHonbuk Motors"

2005. "Al Ittihod"

2004. "Al Ittihod"

2003. "Al Ayn"

OCHL Elit nima?

Osiyo chempionlar Ligasi Elit yoki qisqacha aytganda OCHL Elit avvalgi Osiyo chempionlar Ligasining takomillashgan varianti bo'lib, qitaning eng kuchli 24ta jamoasi ishtirok etadi. Musobaqa bosh homiylari - NEOM, Qatar Airways, Visit Saudi.

Har bir mintaqadan (SHarq va G'arb) 12ta klub qatnashishini hisobga olsak, hozirgi paytga kelib G'arb mintaqasining 11ta ishtirokchisi malum bo'lib ulgurgan. Bu musobaqada O'zbekiston sharafini mamlakat chempioni sifatida "Paxtakor" himoya qiladi. 12-jamoa nomini pley-off o'yinlari yakuniga etganidan so'ng bilib olamiz. 

Dastlab 6 avgust kuni "Sepaxon" va "SHabab Al Ahli" bitta o'yindan iborat pley-off uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs g'olibi 13 avgust kuni Qatarga safar qilib, "Al Garafa" bilan o'ynaydi va kim g'alaba qozonsa, 12-jamoa sifatida bo'sh o'rinni to'ldiradi. 

OCHL Elitda pul miqdori ko'p

Ha, shunday. OFK kuchli homiylarni jalb qilgan holda klublarga beriladigan pul mukofotlarini aniqlab oldi. Birgina guruhda ishtirok etish evaziga har bir klub o'z g'aznasini 800 ming dollarga boyitib oladi. 

Nimchorak final - 200 ming dollar

CHorak final - 400 ming dollar

Yarim final - 600 ming dollar

Finalchi - 4 million dollar

G'olib - 10 million dollar

Bu degani OCHL Elitda g'olib chiqqan jamoa bir mavsumning o'zida jami 12 mln dollar ishlab oladi. Malumot uchun, avvalgi OCHLda g'olibga beriladigan pul 3 million dollarni tashkil qilardi. 

Jamoalar savatchalarga bo'lindi

Har bir mintaqada jamoalar 6tadan ikki savatchaga ajratiladi. G'arb mintaqasida "Paxtakor" 1-savatchadan o'rin olgan. 

1-savatcha: "Al Ayn", "Al Hilol", "Al Sadd", "Persepolis", "Paxtakor", "Al SHorta"

2-savatcha: "Al Nasr", "Al Rayan", "Istiqlol", "Al Vasl", "Al Ahli", Pley-off g'olibi

Musobaqa formatiga ko'ra, G'arb mintaqasida kurash olib boradigan 12ta jamoadan 8tasi keyingi bosqichga yo'l oladi. Bunda har bir klub 8ta har xil jamoaga qarshi 4ta uy va 4ta safar o'yinini o'tkazadi. Guruh bosqichi yakuniga etgach, nimchorak final o'yinlari ham uy-mehmon tarzida o'tkaziladi.

Faqat chorak finaldan boshlab musobaqa markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida davom ettiriladi. Bu 2025 yil 25 apreldan 4 mayga qadar davom etadi. Yangi OCHL Elit musobaqasiga qura tashlash marosimi 16 avgust kuni bo'lib o'tadi.


X.Xoliqov

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика