OCHL. "Sepaxon"ga qarshi bahs oldidan OKMKda jiddiy yo'qotishlar
22 okt 2023 22:48
Yangiliklar
OCHL. "Sepaxon"ga qarshi bahs oldidan OKMKda jiddiy yo'qotishlar
OKMK jamoasi Olmaliqda Eronning "Sepaxon" klubini qabul qiladi.
OKMK matbuot xizmati "Sepaxon"ga qarshi uchrashuv oldidan qaydnomani elon qildi. Qaydnomadan Siavash Haqnazari, Ruben Sanches va Islom To'xtaxo'jaev o'rin olmagan. Ularning har uchchalasi asosiy tarkibning muhim o'yinchilari hisoblanadi. Bu Mirjalol Qosimov va uning jamoasi uchun jiddiy yo'qotish.
Siavash hamda Sanches Navbahorga qarshi kubok yarim final bellashuvida jarohat olib almashtirilgan edi. Bundan tashqari, Dilshod Ahmadaliev kubok yarim finalini jarohat sabab o'tkazib yuborgandi.
OKMK jamoasining "Sepaxon"ga qarshi uchrashuv uchun qaydnomasi.
Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Dilshodbek Yoqubov, Valijon Rahimov
Himoyachilar: Akramjon Komilov, Sardor Rahmonov, Anzur Ismoilov, Dilshodbek Ahmadaliev, Vitaliy Denisov, Ulug'bek Sunnatov, Jahongir Fozilov.
Yarim himoyachilar: Mirjamol Qosimov, Xurshid G'iyosov, Oybek Rustamov, Sanjar Tursunov, Baxtiyor Qosimov, Muhammadanas Hasanov, Murat Ermatov, Asadbek Ahmadjonov, Sirojiddin Bashriddinov.
Hujumchilar: Mirjahon Mirahmadov, Martin Boake.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar