So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  3 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

OCHL. Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga guruh bosqichiga o'tish ishtiyoqida maydonga tushamiz" Yangiliklar

OCHL. Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga guruh bosqichiga o'tish ishtiyoqida maydonga tushamiz"

Ertaga, 15 mart kuni "Nasaf" jamoasi OCHL pley-off o'yinida maydonga tushadi.

Bugun "Baniyas Stadium"da ertangi bellashuv oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

Dastlab ertangi bellashuv haqida R.Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Assalomu alaykum barchaga. Avvalambor bizni iliq kutib olishgani uchun "Baniyas" jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ertangi bellashuv haqida gapiradigan bo'lsam, jamoalar kerakli natija uchun kurashadi. "Baniyas" jamoasini o'rganganimizda shunga amin bo'ldik-ki, jamoa jiddiy va yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega.

- "Baniyas" jamoasi ishtirokidagi bir nechta o'yinlarni ko'rib chiqdik. Ularni o'yin uslubi bizga yoqdi. Lekin, "Nasaf" ko'rsatayotgan futbol ham ko'plab muxlislarga yoqadi. Ertangi bellashuvda kerakli natijani qo'lga kiritish uchun sifatli bellashuv guvohi bo'lamiz. Ertangi bahsda biz musobaqani guruh bosqichida davom ettirish ishtiyoqida maydonga tushamiz.

- "Baniyas" jamoasi haqida nimalarni bilasiz? Ertangi bellashuvda qaysi futbolchilar maydonga tusha olmaydi?

- "Baniyas" jamoasining oxirgi bellashuvlarini ko'rdik. Ular yaxshi natijaga erishishmoqda. O'tgan mavsumda o'z chempionatining ikkinchi o'rnini qo'lga kiritib, OCHL pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishgan. Umuman olganda jamoaning o'yini ham, maydondagi futbolchilarning o'yin sifati ham yaxshi.

Bizga ertangi o'yinda faqat G'olib G'aybullaev yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilarning barchasi ertangi bellashuvga tayyor.


Akmal Mozgovoy: "Ertangi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. "Baniyas" jamoasini yaxshi o'rgandik. Ular safida yaxshi futbolchilar harakat qilishadi. Biz ertangi bellashuvda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz, faqat g'alaba uchun".

- "Baniyas" jamoasining qaysi chiziqlari kuchsiz deb hisoblaysiz?

- Bu haqida gapirish noo'rin deb bilaman. Biz bu jamoaning kuchli va kuchsiz taraflarini o'rganib chiqdik. Lekin, bu haqida bu erda muhokama qilmoqchi emasman. Biz bu jamoa ishtirokidagi bir nechta o'yinni ko'rdik va bu haqida o'z xulosamizga egamiz.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика