So’nggi yangiliklar

02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  1 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  0 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  17 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  25 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  2 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  125 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14

OCHL. Erkinov va Turg'unboevning gollari "Paxtakor"ga "Ahal" ustidan bu mavsumdagi ilk g'alabani keltirdi Yangiliklar

OCHL. Erkinov va Turg'unboevning gollari "Paxtakor"ga "Ahal" ustidan bu mavsumdagi ilk g'alabani keltirdi

Teglar :  OCHL PaxtakorAhal
Osiyo CHempionlar Ligasi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Ahal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OFK CHempionlar Ligasi. 3-tur

24 oktyabr, seshanba

PAXTAKOR (O'zbekiston) – AHAL (Turkmaniston) 3:0 

Bosh hakam: Iida Jumpei (Yaponiya)

Yordamchi hakamlar: Nishixashi Isao, Vatanabe Kota (ikkisi – Yaponiya)

Zaxira hakami: Xiroki Kasaxara (Yaponiya)

VAR: Araki Yusuke (Yaponiya)

AVAR: Yudai Yamamoto (Yaponiya)

Nazoratchi: Muhammad Basel Alhajjar (Suriya)

Komissar: Rashid Mahbub Al Dosari (Qatar)

Gollar: Xojimat Erkinov (Po'latxo'ja Xoldorxonov) 23 1:0, Aziz Turg'unboev (Xojimat Erkinov) 26, 2:0, Aziz Turg'unboev (Muhammadqodir Hamraliev) 59, 3:0

"Paxtakor": 36.Pavel Pavlyuchenko, 3.Hojiakbar Alijonov, 88.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 34.Farruh Sayfiev, 7.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev , (40.Kimi Merk,79) 28.Diyor Xolmatov (77.Dilshod Saitov,87), 8.Azizbek Turg'unboev (6.Muhammadali O'rinboev, 79), 20.Hojimat Erkinov (19.Pshemislav Banashak,74), 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov(17.Dostonbek Hamdamov)

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 35.Sanjar Quvvatov, 4.Doston Tursunov,  23.SHerzod Azamov, 30.Metyu Stinvorden,  

"Ahal": 13. Rustam Ahalliev, 3. SHuhrat Soyunov, 5. Hakmuhammet Bashimov (77. Begench Mamiev,87) 7. Meylis Diniev (9. Gurban Annaev, 60), 8. Adilbek Ravshanov (18. Salim Umarov, 87), 10. Elman Tagaev, 11. Dayanch Meredov (30. Alibek Abdurahmonov, 60), 19. Furkat Tursunov (2. Azatmuhammet Hojamuhammedov,51), Gurbanov,71 Ategeldi Geldiev, 98. Dovran Hojamammedov.

Zaxira: Berdiev,  Geldiev, Botirov, Maqsatov, Bekmuradov, Begnazarov,  Goshanov, 

Ogohlantirish: Elman Tagaev (Ahal) 21, Furkat Tursunov (Ahal) 31, Diyor Xolmatov (Paxtakor) 84

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" OCHLda bu mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. 

90+3. ZARBAAAAA. Kimi Merkning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

87. O'ZGARISH. "Paxtakor", Diyor Xolmatov o'rniga Dilshod Saitov tushdi. 

84. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Diyor Xolmatov

79. O'ZGARISH. "Paxtakor", Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Kimi Merk, Azizbek Turg'unboev o'rniga Muhammadali O'rinboev tushdi. 

75. Xolmatov Banashakni golli vaziyatga olib chiqqandi. Polshalik hujumchi vaziyatdan foydalana olmadi. Juda va juda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. 

74. O'ZGARISH. "Paxtakor", Po'latxo'ja Xoldorxonov o'rniga Doston Hamdamov, Xojimat Erkinov o'rniga Pshemislav Banashak tushdi. 

73. "Paxtakor"dan ketma-hujumlar. Dastlab Turg'unboev, keyin Sayfievning zarbalariga aniqlik etishmadi. 

68. ZARBAAAAAAAA. Xojimat Erkinov katta tezlikda raqib himoyachisini ortda qoldiirib chap oyoqda zarba yo'lladi. "Ahal" posboni zarbani qaytardi. 

62. OGOHLANTIRISH."Ahal", Adilbek Ravshanov

60. O'ZGARISH. "Ahal",Dayanch Meredov o'rniga  Alibek Abdurahmonov tushdi. 

59. GOOOOOOOOOOOOOOL. Muhammadqodir Hamraliev oldinga to'pni uzatib berdi. Himoyachining xatosidan so'ng to'pni egallab olgan Turg'unboev osonlikcha "Ahal" darvozasiga o'zining ikkinchi, "Paxtakor"ning uchinchi golini urdi.

57. ZARBAAAAA. Azmidinnov jarima zarbasini ijro etdi. Zarba ancha xavfli ko'rinish oldi. 

51. O'ZGARISH. "Ahal", Furkat Tursunov o'rniga Azatmuhammet Hojamuhammedov maydonga tushdi 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 2ta gol uchun 2 daqiqadanmi?

40. Statistika. To'p nazorati "Paxtakor" tomonida, 60/40. Aniq zarbalar: 3/0

35. Malumot uchun, "Paxtakor" so'nggi bor 2003 yil OCHL doirasida Turkmaniston jamoasi "Nisa" bilan to'qnash kelgan va 3:0 hisobida g'alaba qozongan. 

31. OGOHLANTIRISH. "Ahal", Furkat Tursunov 

26. GOOOOOOOOOOOOL. Xojimat Erkinov bu safar assistent rolida to'pni yuqorilatib "Ahal" jarima maydonchasiga uzatib berdi. Turg'unboev boshi bilan "Paxtakor"ning ikkinchi golini urdi.

23. GOOOOOOOOOOOOOL. Xojimat Erkinov "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Uning o'zi hujumni boshladi. Sobirxo'jaev to'pni jarima maydonchasiga oshirdi. Darvozabon qaytargan to'pni Po'latxo'ja Xojimatga etkazib berdi. U esa raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

22. YO'O'O'O'O'Q. Diyor Xolmatov penaltidan foydalana olmadi. "Ahal" posboni to'p yo'nalishini topdi va zarbani qaytardi. 

20. Elman Tagaev jarima maydonchasi ichida "Paxtakor" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. VARda vaziyatni ko'rgan yaponiyalik hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. 

17. ZARBAAAA. Xojimat Erkinov tezkorlik bilan kirib borib zarba yo'lladi. Lekin to'p darvozaga borgani yo'q. 

13. "Paxtakor" hujumlarni davom ettirmoqda. "Ahal" himoyachilari ham yaxshi himoyalanayotganini aytish joiz. 

8. Xojimat Erkinov chaqqonlik bilan oldinga o'tdi. Lekin uning uzatmasini golga aylantiradigan futbolchi topilmadi. 

5. Alijonov Xoldorxonovga qulay qilib uzatib bergandi. "Paxtakor" hujumchisi o'yindan tashqari holatda. 

- Uchrashuv boshlandi. 

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика