So’nggi yangiliklar

12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  0 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  10

OCHL. "Bunyodkor" qora ananaga barham bera oladimi? Yangiliklar

OCHL. "Bunyodkor" qora ananaga barham bera oladimi?

17 fevral kuni Toshkentning "Bunyodkor" klubi Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida BAAning "Al Jazira" klubiga qarshi o'ynaydi.
Ushbu o'yin g'olibi musobaqaning guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Biz klublarimizning OCHL pley-offlarida qayd etgan natijalarini yodingizga solamiz.

2012 yil 18 fevralida Farg'onaning "Neftchi" klubi pley-offni Dubayda Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al SHabab" klubiga qarshi o'tkazgandi. O'sha o'yinda Yuriy Sarkisyan shogirdlari yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'lishgandi. Arablar safida Issa Obayd (2ta) va Aziz Haydarov gol urgandi.

2013 yil Toshkentning "Lokomotiv" klubi pley-offda o'ynadi. 9 fevraldagi uchrashuv Dubayda "Al Nasr"ga qarshi o'tkazildi. Mezbonlar Morimotoning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'limda Viktor Karpenko hamda Akmal Xolmatovning to'plari "temiryo'lchilar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga "Al Nasr" ham ikki bor javob berdi. Dastlab Habib Fardan, 89-daqiqada esa Leo Lima gol urdi - 3:2. Takidlash lozimki, so'nggi gol penaltidan "Loko" darvozasiga kiritilgan edi.

O'tgan yil bir yo'la ikki klubimiz pley-offda qatnashgandi. Qarshining "Nasaf" klubi 8 fevralda Doxada "Al Jayish" mehmoni bo'lib 1:5 hisobida yutqazib qo'ydi. Go Seul Ki xet-trik qayd etdi, Nilmar va Abker bir martadan "ajdardar" darvozasiga to'p kiritishdi. Bunga Farruh Sayfiev bir bor javob berdi xolos.

Ertasi kuni Toshkentning "Lokomotiv" klubi musobaqa pley-offidagi ikkinchi o'yinini o'tkazdi. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Quvaytning "Al Quvayt" klubi mehmon bo'ldi. Raqib safida Issam Jemaa xet-trikni rasmiylashtirdi. "Lokomotiv"dan Ivan Nagaev bir bor gol urdi - 1:3.

Ko'rib turibsizki o'zbek klublari bu bosqichda to'rtta o'yin o'tkazib barchasida mag'lub bo'lishgan.

17 fevral kuni "Bunyodkor" bu qora ananaga barham bera oladimi? Buni o'yin ko'rsatib beradi.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика