So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

OCHL-2018. "Nasaf"ning pley-offdagi raqibining 4 futbolchisi bir yilga futboldan chetlatildi Yangiliklar

OCHL-2018. "Nasaf"ning pley-offdagi raqibining 4 futbolchisi bir yilga futboldan chetlatildi

O'zingizga malum, Qarshining “Nasaf” jamoasi OCHL-2018ni pley-off bosqichidan boshlaydi.

Jamoa 2018 yil 30 yanvar kuni o'z maydonida Iordaniyaning “Al-Faysali” jamoasini qabul qiladi.

Iordaniya klubi rasmiy saytining tarqatgan xabarlaridan shuni anglash mumkinki, keyingi paytlarda “Al-Faysali” klubi muammolar girdobida qolmoqda. Jamoa Iordaniya Kubogi yarim finalida “Al-Jazira”ga imkoniyatni boy berdi va kubok finaliga chiqa olmadi. Dastlabki uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng jamoani shu yilning sentyabr oyida qabul qilib olgan xorvatiyalik murabbiyi Dragan Talajich o'z istefosini elon qildi.

Bugungi xabar esa hammasidan o'tib tushdi. FIFAdan klub nomiga kelgan rasmiy xatga  ko'ra, jamoaning to'rt nafar etakchi o'yinchisiga,  bir yil muddatga (2017 yil 14 avgustdan 2018 yil 14 avgustgacha) har qanday futbol uchrashuvida maydonga tushishiga taqiq qo'yildi. Bular  Movtaz Yosin, Baxa Abdul Rahmon Ibrohim, Ibrohim Dledum Zavahra va liviyalik legioner futbolchi Akram Zvailardir. SHuningdek klub rahbariyatidan  Sulaymon Al Assof ikki yil muddatga futboldan chetlatilgan. Bu jazo nima sababdan qo'llanilgani xabarda aytilmagan.

“Al-Faysali” klubiga oid yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика