So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  7 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

OCHL 2-tur oldidan. G'arb mintaqasi prevyusi Yangiliklar

OCHL 2-tur oldidan. G'arb mintaqasi prevyusi

17-18 fevral kunlari OCHL G'arb mintaqasida 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Quyida G'arb mintaqasida bo'lib o'tadigan 2-tur bahslarini keltirib o'tamiz. 


"A" guruhi 

"Al SHorta" (Iroq) - "Al Vahda" (BAA)

17 fevral. Erbil. "Franso Hariri" stadioni 

"Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Istiqlol" (Eron)

17 fevral. Quvayt. "Jaber Al Ahmed" stadioni


Avvalgi turda "Istiqlol" bilan durang o'ynagan "Al SHorta" bu safar o'z maydonida BAAning "Al Vahda" klubini qabul qiladi. "Istiqlol" esa OFK chiqargan qarorga ko'ra yana safarda o'ynaydi va Quvaytda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi mehmoni bo'ladi. 

SHuni aytish kerak, "Al Ahli" bu uchrashuvni bosh murabbiy Kristian Grossiz o'tkazadi. CHunki jiddaliklar milliy chempionatda "Al Vahda"ga mag'lub bo'lishganidan so'ng klub rahbariyati bosh murabbiy bilan gaplashib olishni maqsad qilgan.

 


"B" guruhi 

"SHabab Al Ahli Dubay" (BAA) - "Al Hilol" (S.Arabistoni)

17 fevral. Dubay. "Rashid" stadioni 

"Paxtakor" (O'zbekiston) - "SHahr Xodro" (Eron)

17 fevral. Toshkent. "Paxtakor" stadioni


Musobaqani g'alaba bilan boshlagan "Paxtakor" bu safar Eronning "SHahr Xodro" klubini mag'lub etishga urinib ko'radi. Eronliklar o'tgan tur "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berishdi. 

OCHLning amaldagi g'olibi "Al Hilol" esa Dubayda "SHabab Al Ahli Dubay" bilan kuch sinashadi. 2015 yil o'tkazilgan ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinda BAA klubi 3:2 hisobida g'alaba qozongandi.

 


"C" guruhi 

"SHarja" (BAA) - "Persepolis" (Eron)

18 fevral. SHarja. "SHarja" stadioni 

"Al Taavon" (S.Arabistoni) - "Al Duhayl" (Qatar)

18 fevral. Burayda. "Qirol Abdulloh" stadioni 


Hamyurtimiz Otabek SHukurov harakat qilayotgan "SHarja" 1-tur o'z maydonida yutqazib qo'ydi. Jamoa navbatdagi turni ham o'z uyida o'tkazadi. SHarjaliklar "Persepolis" bilan kuch sinashishadi. O'tgan yil "Persepolis" guruhdan chiqa olmagandi, bu yil nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi. 

Nihoyat uch yillik tanaffusdan so'ng OCHLga qaytgan "Al Taavon" yana o'zini ko'rsatishga urinib ko'radi. "Al Duhayl" oxirgi marta 11 oy oldin Saudiya Arabistoniga safar uyushtirib "Al Hilol"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

 


"D" guruhi 

"Al Ayn" (BAA) - "Al Nasr" (S.Arabistoni)

18 fevral. Al Ayn. "Hazza bin Zayed" stadioni 

"Al Sadd" (Qatar) - "Sepaxon" (Eron)

18 fevral. Doha. "Jassim bin Hamad" stadioni 


OCHL pley-off bosqichida "Bunyodkor"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Al Ayn" o'z uyida Saudiya Arabistoni klubi bilan kuch sinashadi. Bog'lar shahri deb ataladigan Al Aynda yana bir qiziq bahs bo'lib o'tishi kutilyapti. Avvalgi tur amirlik futbolchilari uyda "Sepaxon"ga yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

"Al Sadd" esa Dohada "Sepaxon"ni qabul qiladi. Malumki, Xavi shogirdlari o'tgan turda durang qayd etishdi. "Al Sadd" Eron klublariga qarshi kechgan oxirgi 7ta o'yinidan faqat bittasida mag'lub bo'lgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика