So’nggi yangiliklar

16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  0 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  5 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  3 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  2 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  4 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  3 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   4 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  6

"Obod" ikkinchi davrada nima qiladi? Yangiliklar

"Obod" ikkinchi davrada nima qiladi?

Teglar :  Obod
24 iyun kuni o'tkazilgan "Paxtakor" - "Obod" bahsi "Obod" uchun oliy ligadagi oxirgi o'yin bo'lishi mumkin. CHunki jamoa o'z faoliyatini to'xtatish arafasida.

Bunga klubdagi moliyaivy holat sabab bo'lmoqda. Bizga malum bo'lishicha, futbolchilar anchadan beri maosh olishmayapti. Jamoa hatto safar o'yinlariga o'z hisobidan borib kelyapti. "Obod" "Paxtakor" bilan o'yinda ham juda kayfiyatsiz harakat qildi. Futbolchilar go'yoki mag'lubiyatga rozidek to'p tepishdi.

Xo'sh, hammasi qachondan boshlandi? "Obod" bosh murabbiyi Rauf Inileevning aytishicha, jamoa azolari bahor oylaridayoq klubda pul yo'qligidan xabardor bo'lishgan. "Homiylar pul berishni to'xtatib qo'yishdi", - deydi Rauf Talgatovich bu borada. "Obod" 18 may kuni "Jar" stadionida "Dinamo"ni qabul qilib juda chiroyli o'yin evaziga 3:1 hisobida g'alab qozondi.



Mana shu o'yin o'tgach, jamoa keyingi turni Muborakda o'tkazishi lozim edi. Ammo "Obod" safarga yo'l olishidan oldin pul yo'qligi haqidagi gaplar yanada avj oldi. Hatto yarim jamoa bormaymiz deb turib oldi. Lekin jamoa sardori Anvar G'ofurov hammani bir joyga yig'gan va o'yinga bormasak sharmanda bo'lamiz degan.

"Obod" Muborakka borgani bilan "Mashal"dan 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoa undan keyingi uchta bellashuvda ham yutqazdi. Bu ham mayli, "Obod" safardagi o'yinlarda hatto gol ura olmadi. Uydagi oxirgi ikkita bahsni esa bir xil 1:4 hisobi bilan boy berdi. Jamoa jangovor, futbolchilar kurashuvchan, lekin pul bo'lmaganidan keyin kimning ham to'p ortidan yugurgisi keladi.

"Obod" ikkinchi davrada o'ynaydimi degan savolga Inileev aniq javob bera olmadi, faqat shunday bo'lishi haqiqatga yaqin ekani hamda bu haqda O'FF va PFLga xat berilganini aytdi. Rauf Inileev shuningdek, Samvel Babayan "Obod"ga yordam berishi mumkinligi haqidagi gaplarni ham inkor qilmadi. "Babayanmi yo boshqasi, kim bo'lsa ham kelib klubni qutqarib qolmasa bo'lmaydi", - deydi Inileev.



Hozirgi "Obod"ning ikkinchi liga jamoalaridan farqi qolmagan. Klubda avtobus yo'q, futbolchilar o'yinga mashinada qatnashadi. Ovqatlanish joyidamas, hartugul mashg'ulotlar amal-taqal bo'lib turibdi. Albatta, bu ahvolda uzoqqa borib bo'lmaydi. Balki, klubni moliyaviy bankrot deya yopib yuborgan maquldir. CHunki futbol tomondan "Obod"ning birinchi davrada hech qanaqa foydasi tegmadi. Faqat yutqazib yuradigan, 15ta o'yinda 30ta gol o'tkazadigan jamoaning kimga keragi bor?

Mayli, chempionatimizda 15ta klub qolsin, boringki jamoalar soni 12 yoki 10ta bo'lsin, lekin biz ham qiziqarli futbol ko'raylik. To'g'risini aytganda, zerikarli o'yinlardan judayam zerikdik.

X.Xoliqov.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика