So’nggi yangiliklar

11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  4 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  36 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6

Obid Jo'raboev: "Ustunlikka erishsakda, g'alaba qozonish nasib etmadi" Yangiliklar

Obid Jo'raboev: "Ustunlikka erishsakda, g'alaba qozonish nasib etmadi"

Teglar :  Obid Jo'raboev
Bu yilgi chempionat arafasida "Navbahor" tarkibidan joy olgan Obid Jo'raboev namanganliklar safida muntazam ravishda maydonga tushib kelmoqda.

Jo'raboev ham boshqa jamoadoshlari kabi Muborakdan ijobiy natija bilan qaytish umidida edi. Ammo, "Navbahor" 4-turda ham muxlislariga g'alaba tortiq eta olmadi. Futbolchi uchrashuv xususida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

- Bugungi uchrashuv haqida nima ham deya olardim. O'yin davomida ustunlikka erishdik. To'pni nazorat qilish va hujumlar tashkil etish borasida yomon harakat qilmadik. Ammo, natija ijobiy ko'rinish hosil qilmadi. Muxlislar va o'yinimizni chetdan kuzatayotganlarga o'yindan ko'ra natija muhimroq. Yani o'yin esdan chiqadi, natija esa tarixda qoladi. Birinchi bo'lim oxirlarida jarima zarbasidan keyin o'z darvozamizdan to'p olib chiqishga majbur bo'ldik. Darvozabonimizni ushbu to'pni qaytarishi qiyin edi. O'yin borasida olib qaraganda, "Mashal" futbolchilaridan ustun edik. Kamida durang qayd etishimiz yoki bo'lmasa g'alaba qozonsak bo'lardi.

Tanaffusdan keyin hisobni tenglashtirishni uddasidan ham chiqqandik. Biroq, goldan keyin harakatlarimizda qandaydir pasayish yuzaga kelib, yo'q joydan ikkinchi to'pni o'tkazib yubordik. To'rtta turdan beri g'alaba qozonishga erisha olmayapmiz. Buning sababini tushuna olmayapmiz. Nazarimda g'alaba bizga kulib boqishni istamayapti. Aslini olganda uchrashuvlar davomida gol urish borasida ko'plab imkoniyatlar bo'lmoqda. "Mashal" esa ikkita imkoniyatdan samarali tarzda foydalana oldi. Balki bizga omad etishmayotgandir.  Kamchiliklar ustida ishlab, muxlislarimizni xursand qilish uchun harakat qilamiz, - deydi Jo'raboev.

"Navbahor" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика