"Nyukasl" Maunt uchun kurashga qo'shildi
08 mar 2023 17:39
Yangiliklar
"Nyukasl" Maunt uchun kurashga qo'shildi
"Nyukasl" "CHelsi" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Meyson Maunt uchun kurashga kirishdi.
Avvalroq "The Athletic" nashri agar "CHelsi" futbolchi bilan 2024 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, Mauntni kelayotgan yozda sotishi haqida xabar bergandi.
"Liverpul" – Maunt uchun asosiy davogar. Matbuot hatto Mersisayd klubi 24 yoshli angliyalikni qo'lga kiritishga ishonchi komil ekanligini takidladi.
Biroq "Daily Mail" nashriga ko'ra, Maunt uchun yana bir jiddiy davogar bor – bu "Nyukasl".
24 yoshli futbolchiga "Liverpul" va "Nyukasl"dan tashqari "Manchester Yunayted" va "Yuventus" ham qiziqish bildirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar