So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  3 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  19 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

"Nurafshon" qay tariqa "SHerdor"ga olti gol urdi? (To'liq sharh) Yangiliklar

"Nurafshon" qay tariqa "SHerdor"ga olti gol urdi? (To'liq sharh)

Bugun O'zbekiston Pro-ligasi 17-turi doirasida "Nurafshon" - "SHerdor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yin turning markaziy uchrashuvi sifatida aytilgandi. CHunki mezbon jamoa Pro-liganing B guruhida etakchilik qilayotgan bo'lsa, "SHerdor" ularning ortidan izma iz quvib kelayotgandi. O'yindan oldin go'yoki ikki jamoaning kuchi tengdek edi.

Ammo, "SHerdor" juda tez taslim bo'ldi. Ilk daqiqalardanoq "Nurafshon" kim aslida kim ekanligini isbotlashga urindi. SHu boisdan ketma ket hujumlar uyushtirdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida "yo'lbars"lar himoyachisi Abdug'ani Kamolov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va Oripxo'ja Abduholiqovga pas berdi. Biroq hujumchi vaziyatdan foydalana olmadi. 24-daqiqaga kelib hisob ochildi. Tajribali Farruh SHotursunovning 20 metrlardan tepgan to'pi ajoyib traektoriya hosil qildi va darvozabonning ustidan o'tib, golga aylandi, 1:0.

SHundan keyin ham "Nurafshon" hujumlarni to'xtatmadi va bir necha bora qulay vaziyatlarga ega bo'ldi. Ammo vaziyatlar ko'kka sovurildi. 38-daqiqaga kelib, hisob o'zgardi. Oripxo'ja Abduholiqov markazdan uzatilgan to'pdan keyin raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib ketdi va vaziyatdan unumli foydalandi. 44-daqiqada esa yana Oripxo'ja qanotdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berdi. Zarbani posbon qaytardi. Qaytgan to'pni aynan uning o'zi darvozaga kiritdi, 3:0. Abduholiqov mavsumdagi 12-golini urdi.

"SHerdor" birinchi bo'limda juda yomon o'ynadi. Hujum ham, himoya ham bo'sh harakat qildi.

Ikkinchi bo'limda "SHerdor"ning hujumchilari biroz o'yg'ondi, ammo himoya "parchalanib" ketdi. Orqadagilar bir chiziq bo'lib o'ynamaganligi uchun, "Nurafshon"da hujum uyushtirish uchun katta zona ochiq qoldi. 66-daqiqada Ruslan Veklich markazda to'pni egallab oldi, bu pallada "SHerdor"ning faqatgina bir himoyachisi o'z o'rnida edi. Ruslan Abdug'ani Kamolovni topdi. Abdug'ani esa raqib jarima maydoniga kirib bordi. U erda "Nurafshon"ning ikki, "SHerdor"ning bir futbolchisi bor edi. Rajabov to'pni Orifjon Hakimjonovga oshirdi. Darvoza yana ishg'ol qilindi. "SHerdor" esa 69-daqiqada Otabek Xamroqulovning boshi bilan urgan goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

74-daqiqada qiziqarli holat yuzaga keldi. Oripxo'ja Abduholiqovni "SHerdor" darvozaboni ushlab qoldi va yiqitdi. Bu so'nggi umid foli va darvozabonga qizil kartochka degani edi. Ammo bu vaziyatda hujumchi o'zi yiqildi deb baholadi va xushtagini chalmadi.

80-daqiqada Ruslan Veklich raqib himoyachisini aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi. "SHerdor" himoyasi raqib hujumi oldida batamom taslim bo'ldi. Ular deyarli o'ynashmadi. "Nurafshon" futbolchilarining noto'g'ri harakatlari evaziga yana bir necha gollar kiritilmayotgandi. 89-daqiqada esa Murod Rajabov o'yindagi so'nggi golni urib, barchasiga nuqta qo'ydi.

Ushbu g'alaba orqali "Nurafshon" "SHerdor" bilan oradagi farqni 4 ochkoga etkazib oldi. Toshkent viloyati vakillari keyingi turda "Iftixor" mehmoni bo'lsa, "SHerdor" uchun ikkinchi davra o'z yakuniga etdi.

"Nurafshon" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика