Noyer qaytgach, Zommer "Bavariya"ni tark etishi mumkin
11 may 2023 11:11
Yangiliklar
Noyer qaytgach, Zommer "Bavariya"ni tark etishi mumkin
"Manchester Yunayted" vaziyatni kuzatib bormoqda.
"Bavariya" darvozaboni Yan Zommer yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar berdi "Bild" jurnalisti Kristian Falk.
Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchi va klub o'rtasida kelishuv bor, agar Manuel Noyer jarohatidan tuzalib, asosiy darvozabonlik o'rnini tiklab olsa, klub Zommerning transferiga xalaqit bermaydi.
SHveycariyalik darvozabon Evro-2024 oldidan muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Vaziyatni "Manchester Yunayted" kuzatib bormoqda, bu esa darvozabonga bo'lgan qiziqishni tiklashi mumkin.
Zommer joriy mavsum 22 ta o'yinda 27 ta gol o'tkazib yubordi va 7 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar